“Sportmaster”ning yangi kiyim va poyabzal kolleksiyasi Uzum Market’da 30% gacha chegirma bilan taqdim etildi

Butun oila uchun sport kiyimlari va poyabzallari, trenajyorlar, mashg‘ulotlar uchun aksessuarlar, shuningdek, faol dam olish uchun "Sportmaster" mahsulotlarini Uzum Market’dan mamlakat bo‘ylab yetkazib berish xizmati bilan 30% gacha chegirmada buyurtma qilish mumkin.
“Sportmaster” assortimentida sifat va hamyonbop narxlari bilan ajralib turadigan sport brendlari — Joss, Fila, Termit, Kettler, Hukk, shuningdek, kattalar va bolalar uchun “Sportmaster"ning o‘z savdo belgisi — Demix mahsulotlari taqdim etilgan. Brend mahsulotlari qulay bo‘lib, muntazam foydalanishga mo‘ljallangan.
O‘zbekistonliklarning sport va faol turmush tarziga bo‘lgan qiziqishi oshib bormoqda. Mashg‘ulotlar uchun tobora ko‘proq qulay va funksional sport kiyimlari tanlanmoqda — ular nafaqat mashqlar, balki kundalik faollik uchun ham mos keladi. Xaridorlarga original va sifatli modellarni bir joyda topish qulay bo‘lishi uchun Uzum Market sport kiyimlari va poyabzal toifasini kengaytirmoqda: so‘nggi bir yil ichida assortiment qariyb ikki barobarga oshib, bugungi kunda 60 mingga yaqin mahsulotni o‘z ichiga oladi. Platformada turli fasllar uchun yechimlar mavjud — sovuq ob-havo uchun issiq sport kiyimlaridan tortib, zalda va ochiq havoda mashg‘ulotlar uchun yengil kiyimlargacha bor.
Buyurtmani Uzum Market mobil ilovasi yoki sayti orqali rasmiylashtirish mumkin. Milliy marketpleys butun mamlakat bo‘ylab 1200 dan ortiq topshirish punktlariga yetkazib beradi. Topshirish punktlarida kiyimlarni xariddan oldin kiyib ko‘rish va faqat mos kelganlarini qoldirish mumkin.
Reklama huquqlari asosida.