Maktab o‘quvchisining dars stolini qanday tayyorlash mumkin: Uzum Market’dan foydali mahsulotlar to‘plami

Uzum Market maktab o‘quvchisining ish joyini tashkil etish va mebel, yoritish, buyumlar va kitoblarni saqlash uchun tovarlarni tanlash bo‘yicha tavsiyalar tayyorladi. Marketpleysda 80% gacha chegirmalar amal qiladi, tayyor maktab to‘plamlari esa 84 000 so‘mdan boshlanadi.
O‘quv yilining boshlanishi maktab o‘quvchisining ish joyini yaratish yoki yangilash uchun ajoyib imkoniyatdir. Bu, ayniqsa, yangi rejimga endigina ko‘nikayotgan birinchi sinf o‘quvchilari uchun muhimdir. Yaxshi tashkil etilgan joy o‘qishga tezroq moslashish, diqqatni jamlash va asta-sekin muntazam mashg‘ulotlarga odatlanishga yordam beradi. Ushbu maqolada uy vazifalarini bajarish uchun joyni qanday tashkil etish va uni qulay qilishga qanday tovarlar yordam berishi haqida so‘z yuritamiz.
Maktab o‘quvchisi uchun dars stoli
Qulay o‘quv muhiti avvalo to‘g‘ri tanlangan stol va stuldan boshlanadi. Ular bolaning qomatini to‘g‘ri tutishiga yordam beradi, alohida o‘quv burchagi esa o‘yinlardan darsga o‘tishni osonlashtiradi. Balandligi sozlanadigan stol ayniqsa qulay tanlov — u bola bilan birga o‘sadi, bo‘yi o‘zgargan sari moslashtiriladi va bir necha yil davomida bemalol xizmat qiladi:
- balandligi sozlanadigan bolalar partasi va stuli;
- bolalar stoli va stuldan iborat to‘plam.
Kunduzi tabiiy yorug‘likdan maksimal darajada foydalanish uchun ish stolini deraza yoniga joylashtirgan ma’qul. Kechqurun mashg‘ulotlar uchun stol lampasi kerak bo‘ladi. O‘naqaylarga uni chap tomonga, chapaqaylarga esa o‘ng tomonga qo‘yish tavsiya etiladi. O‘qish, yozish va uy vazifalarini bajarish uchun neytral oq yorug‘lik qulay hisoblanadi:
Xonadagi havo namligi me’yorida bo‘lsa, o‘qish va aqliy mehnat bilan shug‘ullanish ancha qulay bo‘ladi. Ayniqsa, isitish mavsumida ixcham havo namlagich namlikni me’yorda ushlab turishga yordam beradi. Limon va dolchin iforli diffuzor esa xonaga yoqimli hid taratib, tetiklik bag‘ishlaydi, diqqatni jamlash va o‘qishga bo‘lgan ishtiyoqni oshirishga ko‘maklashadi:
- ixcham havo namlagich;
- efir moyli diffuzor.
O‘qish uchun foydali tovarlar
O‘quv zonasidagi ko‘rgazmali materiallar va magnit doskalar kichik yoshdagi o‘quvchilarning yangi ma’lumotlarni yaxshiroq eslab qolishiga yordam beradi va o‘qishga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlaydi:
- magnitli doska-molbert;
- uy vazifalari va nazorat ishlarini yozish uchun planer;
- javoblarni yozish mumkin bo‘lgan ko‘paytirish jadvali;
- harflarni talaffuz qiladigan trenajyor;
- boshqa tildagi so‘zlarni talaffuz qiluvchi planshet;
- yozishni o‘rganish uchun ruchka tutqich.
Maktab anjomlarini qanday saqlash kerak?
Har bir narsa o‘z o‘rnida bo‘lsa, tartibni saqlash ancha osonlashadi. Bola kerakli anjomlarni tezroq topadi, kamroq chalg‘iydi va o‘qishga to‘liq e’tibor qaratishi mumkin:
- mayda-chuyda narsalar va kitoblarni saqlash uchun kanselyariya organayzeri juda qo‘l keladi;
- darsliklar, daftarlar, kitoblar, ijodiy ishlar uchun kerakli anjomlar va hatto sevimli o‘yinchoqlarni ixcham javonda saqlash qulay.
Uzum Market’da maktab bozori bo‘lib o‘tmoqda: kanselyariya tovarlari, bolalar kiyimlari va poyabzallari 80% gacha chegirmalar bilan sotilmoqda. Shuningdek, tayyor maktab to‘plamlarini 84 ming so‘mdan xarid qilish mumkin.
Reklama huquqlari asosida.