MEDIAPARK o‘quv jihozlariga chegirmalar oʻrin olgan Back to School aksiyasini boshladi

E’lon qilingan sana· 67
MEDIAPARK o‘quv jihozlariga chegirmalar oʻrin olgan  Back to School aksiyasini boshladi

8-avgustdan 28-avgustgacha MEDIAPARK o‘quv yiliga tayyorgarlikka bag‘ishlangan Back to School 2026 aksiyasini o‘tkazmoqda. Tarmoq do‘konlarida smartfonlar, planshetlar va noutbuklarga chegirmalar mavjud, ayrim noutbuk modellariga esa sumka sovg‘a sifatida taqdim etiladi.

Avgust — yangi o‘quv yiliga hozirlik ko‘rish vaqti. Kimdir farzandi uchun birinchi noutbukni izlaydi, kimdir universitetga yangi smartfon bilan borishni rejalashtiradi, boshqalar esa o‘qish va ishni yanada qulay qilish uchun texnikasini yangilaydi. Bugun gadjetlar ta’limning ajralmas qismiga aylangan, shuning uchun yangi mavsum oldidan kerakli va ishonchli texnikani tanlash ayniqsa muhim.

Xaridlarni yanada foydali qilish uchun 8-avgustdan 28-avgustgacha MEDIAPARK’da Back to School aksiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Uch hafta davomida barcha MEDIAPARK do‘konlari va internet-do‘konida talabgir texnikalar — smartfonlar, planshetlar hamda noutbuklar uchun maxsus takliflar amal qiladi.

Smartfon, planshet yoki noutbukni katta chegirma bilan xarid qilgan mijozlar o‘z xaridlarini aksessuarlar bilan ham maxsus narxlarda to‘ldirishi mumkin. Quloqchinlar, kompyuter sichqonchalari, klaviaturalar, monitorlar, printerlar va boshqa zarur qurilmalar bir tashrifning o‘zida o‘qish yoki ish uchun to‘liq texnika to‘plamini shakllantirish imkonini beradi. Aksiyada ishtirok etuvchi noutbuk xarid qilinganda esa uning uchun sumka sovg‘a qilinadi — bu o‘qish, ish va kundalik foydalanishda asqatadigan amaliy aksessuardir.

Smartfon, planshet yoki noutbukni katta chegirma bilan xarid qilgan mijozlar kerakli aksessuarlarni ham maxsus narxlarda olishi mumkin. Quloqchin, sichqoncha, klaviatura, monitor, printer va boshqa qurilmalar o‘qish yoki ish uchun kerakli to‘plamni bir joyning o‘zida jamlash imkonini beradi. Aksiya ishtirokchisi noutbuk xarid qilganida esa qulay va kundalik foydalanish uchun foydali aksessuar bo‘lgan noutbuk sumkasi sovg‘a qilinadi.

“Biz bu taklifni xaridorlar zamonaviy texnikani qulay narxda xarid qilib, unga kerakli aksessuarlarni ham bir joyning o‘zida foydali shartlarda tanlay olishi uchun tayyorladik. Maqsadimiz — o‘qish va kundalik foydalanish uchun kerak bo‘lgan hamma narsani bitta xaridda maksimal foyda bilan taqdim etish”, — deya ta’kidlamoqda MEDIAPARK vakillari.

Gadjetlarga katta chegirmalar, foydali sovg‘alar va aksessuarlarga maxsus takliflar — yangi o‘quv yilini qulay va tejamkor boshlash uchun ayni muddao.

8-avgustdan 28-avgustgacha sizni barcha MEDIAPARK do‘konlari va internet-do‘konida kutamiz.

MEDIAPARK — yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik uchun kerakli texnika bir joyda”.

MEDIAPARK kompaniyasi haqida

MEDIAPARK — O‘zbekistondagi yirik maishiy texnika va elektronika tarmoqlaridan biri. Kompaniya 2015-yilda tashkil etilgan. Bugungi kunda MEDIAPARK mamlakatning turli hududlarida faoliyat yuritadi, shuningdek, internet-do‘kon va mobil ilova orqali ham xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Tovarlar assortimentda yetakchi xalqaro va mahalliy brendlarning 27 000 dan ortiq mahsuloti mavjud. Xaridorlarga keng tanlov, servis xizmatlari, qulay to‘lov usullari va O‘zbekiston bo‘ylab yetkazib berish imkoniyati taqdim etiladi.

Ma’lumot uchun telefon: (+998) 71−203−3333.

Sayt: mediapark.uz
Instagram: @mediapark_uzbekistan
Telegram: t.me/mediapark_uzbpark_uzb

Reklama huquqlari asosida.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling