Alisa va aqlli gadjetlar: maktab o‘quvchisiga o‘qish va kundalik ishlarni tashkil etishda qanday yordam berish mumkin?

E’lon qilingan sana· 58
Alisa va aqlli gadjetlar: maktab o‘quvchisiga o‘qish va kundalik ishlarni tashkil etishda qanday yordam berish mumkin?

Elektron kitobdan tortib aqlli suv idishigacha — zamonaviy gadjetlar o‘quvchining kundalik ishlarini tartibga solish va mustaqil bo‘lishiga yordam beradi. Yandex Alisa yangi o‘quv yilida foydali bo‘lishi mumkin bo‘lgan qurilmalarni jamlanmasini taqdim etdi.

Yangi o‘quv yili — bu faqat daftar, darslik va kanselyariya buyumlari emas. Ba’zi ota-onalar maktabdagi kundalik jarayonni qulayroq tashkil etish uchun gadjetlarni ham tanlaydi: ryukzakni yengillashtirish, konspektlarni tartibga solish yoki uy vazifasini bajarishda diqqatni jamlash uchun.

Yandex Alisao‘quv yili davomida maktab o‘quvchilari va ularning ota-onalariga asqatishi mumkin bo‘lgan qurilmalarni jamladi. Ular orasida ryukzakdagi bir nechta kitobning o‘rnini bosishi mumkin bo‘lgan elektron kitobdan tortib, Alisa ovozli yordamchisiga ega aqlli kolonkagacha bor.

1. Elektron kitob — ryukzakni yengillashtirish uchun

Agar darslarda elektron qurilmalardan foydalanishga ruxsat berilgan bo‘lsa yoki bola ko‘p kitob o‘qisa, elektron kitob qulay tanlov bo‘lishi mumkin. U ixcham va yengil bo‘lgani uchun maktabga, yo‘lga yoki qo‘shimcha mashg‘ulotlarga olib borish oson, bir nechta og‘ir kitobni ko‘tarib yurishga hojat qolmaydi.

Unda maktab dasturidagi kitoblar, ayrim darsliklar va qo‘shimcha adabiyotlarni saqlash, belgilar qo‘yish, kerakli joyga tez qaytish va matn hajmini moslashtirish mumkin. Agar bir kunning o‘zida bir nechta asar kerak bo‘lsa, masalan, ertalab dars uchun hikoyani qayta o‘qish, kechqurun esa o‘zi uchun kitob mutolaa qilish rejalashtirilgan bo‘lsa bir nechta qog‘oz kitob o‘rniga bitta qurilmani olib yurish kifoya.

2. Aqlli ruchka — qo‘lda yozilgan konspektlarni saqlash uchun

Faqat kitoblarni emas, balki konspektlarni ham raqamlashtirish uchun aqlli ruchkadan foydalanish mumkin. U bilan bola odatdagidek qo‘lda yozadi, natijada esa elektron konspektni smartfon yoki kompyuterda olish mumkin.

Bunday konspektlarni fanlar bo‘yicha saqlash, sinfdoshlarga yuborish va daftar uyda qolib ketgan taqdirda ham ulardan foydalanish mumkin. Bu, ayniqsa, o‘rta va yuqori sinflarda ko‘p ma’lumot, formula va sxemalarni yodlash zarur bo‘lganda qulay.

Turli modellarning talablari bir-biridan farq qiladi: ayrimlari maxsus qog‘ozni talab qilsa, boshqalari alohida sensor yoki planshet bilan ishlaydi. Shuning uchun xariddan oldin qanday sarf materiallari kerak bo‘lishini va yozuvlarni qurilmalar o‘rtasida ko‘chirish qanchalik qulay ekanini tekshirish muhim.

3. Aqlli kolonka — mustaqillikka o‘rganish uchun

Bolalarga kun davomida vaqtni mustaqil nazorat qilish va qiladigan ishlarini eslab qolish har doim ham oson emas. Ota-onalar esa bolaga dars qilish, portfelini yig‘ish yoki mashg‘ulotga chiqish vaqti kelganini har doim eslatib turish imkoniga ega bo‘lmasligi mumkin. Bu kundalik vazifalarning bir qismini Alisa sun’iy intellekt yordamchisiga ega qurilmaga topshirish mumkin. Shu orqali bola asta-sekin o‘z kunini mustaqil tashkil qilishni o‘rganadi.

Masalan, ertalab Alisa bolani uyg‘otib, ob-havo haqida ma’lumot berishi, maktabdan keyin uy vazifalarini, kechqurun portfelni yig‘ishni, mashg‘ulot yoki to‘garak oldidan esa uydan chiqish vaqti kelganini eslatishi mumkin. Shuningdek, jismoniy tarbiya uchun kiyim, kitob yoki maktab loyihasi uchun kerakli materiallar kabi oson unutiladigan narsalar haqida alohida eslatmalarni sozlash mumkin.

Alisa qurilmasi uy vazifasini bajarishda ham yordam beradi. Masalan, bola bir fanga 25 daqiqa diqqatini jamlash uchun taymer qo‘yishni so‘rashi va keyin qisqa tanaffus qilishi mumkin. Agar biror mavzu tushunarsiz bo‘lsa, uni Alisa bilan muhokama qilish, masalan, yuza maydonining perimetrdan farqi yoki bulutlar qanday hosil bo‘lishi haqida tushuntirish so‘rash mumkin.

Alisa rus va o‘zbek tillarida gapiradi. Shuning uchun savollarni har ikki tilda berish mumkin. Tilni o‘zgartirish uchun “Alisa, o‘zbek tiliga o‘t” deb aytish kifoya.

Kolonka faqat o‘qish uchun emas. Alisadan sevimli ko‘rsatuv yoki boshqa voqea haqida eslatishni, uxlashdan oldin ertak aytib berishni yoki kutilmagan savolga javob berishni so‘rash mumkin.

4. Aqlli stol lampasi — dars qilish uchun yorug‘likni moslashtirish uchun

Kuz va qishda uy vazifasini ko‘pincha qorong‘i tushgandan keyin bajarishga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun ish joyining yoritilishiga alohida e’tibor berish kerak. Yorug‘lik darajasi va rangnisozlash imkonini beruvchi lampa kunning vaqti va turli mashg‘ulotlarga mos yorug‘likni tanlashga yordam beradi.

Agar lampa “aqlli uy” tizimiga mos kelsa, uni Alisa qurilmasi orqali boshqarish mumkin. Masalan, bola odatda dars qilishga o‘tiradigan vaqtda lampa avtomatik ravishda yoqilishi mumkin. Mashg‘ulot paytida esa ishdan chalg‘imagan holda ovozli buyruq orqali yorug‘lik darajasini o‘zgartirish mumkin.

Aqlli yoritishdan ertalab ham foydalanish mumkin. Masalan, uyg‘onishdan oldin chiroq asta-sekin yorqinlashib, tong otishini taqlid qilishi, keyin esa qurilmada budilnik ishlashi mumkin. Bunday ssenariy kech kuz va qishda, tashqarida hali qorong‘i paytda ayniqsa asqotadi.

5. Cho‘ntakda olib yuriladigan raqamli mikroskop — oddiy narsalarni mayda detallarigacha ko‘rish uchun

Maktab uchun har bir gadjet ham dars jadvalini tuzish yoki uy vazifasini bajarishga yordam berishi shart emas. Ayrim qurilmalar shunchaki bolaning qiziqishini qo‘llab-quvvatlaydi. Shunday qurilmalardan biri ixcham raqamli mikroskop.

Uning yordamida barg yuzasi, mato tolalari, qum zarrachalari, tanga yoki bosma detallarining kattalashtirilgan tasvirini smartfon yoki kompyuter ekraniga chiqarish mumkin. Bunday mikroskop uyda kuzatuvlar olib borish, maktab loyihasi yoki sayrdan keyin topilgan tabiiy materiallarni o‘rganish uchun qo‘l keladi.

U laboratoriya jihozlarining o‘rnini bosmaydi, ammo oddiy buyumlarni kichik tadqiqot uchun qiziqarli obyektga aylantirishi mumkin. Xariddan oldin tanlangan model qaysi qurilmalar va operatsion tizimlar bilan mos kelishini tekshirish kerak.

6. Aqlli suv idishi — suv ichishni unutmaslik uchun

Darslar, to‘garaklar va uy vazifalari bilan band bo‘lib, bola suv idishi bir kun davomida yonida turganini ham sezmay qolishi mumkin. Suv ichishni esdan chiqarmaslik uchun aqlli modellardan foydalanish mumkin. Ular belgilangan vaqt oralig‘ida bolaga suv ichishni eslatadi: qopqog‘ini yoritadi, signal beradi yoki smartfonga xabar yuboradi.

Bunday gadjet organizmning individual ehtiyojini aniqlamaydi va qat’iy jadval bo‘yicha suv ichishni talab qilmaydi. Uning vazifasi vaqt-vaqti bilan yonida suv borligini eslatib turish.

Maktab uchun esa idishning oddiy xususiyatlari ham muhim: yengil bo‘lishi, qopqog‘i mahkam yopilishi, korpusi mustahkam bo‘lishi va uni oson yuvish imkoni bo‘lishi kerak. Agar bola suv ichishni mustaqil nazorat qilishga odatlangan bo‘lsa, elektron eslatmalar umuman kerak bo‘lmasligi ham mumkin.

7. Treker-metkalar — tez-tez yo‘qolib qoladigan buyumlar uchun

Kalit, ryukzak yoki sport sumkasi aynan uydan chiqishga besh daqiqa qolganda yo‘qolib qolish ehtimoli bor.

Bunday buyumlar uchun ixcham Bluetooth-metkalar qo‘l keladi. Ularni kalitlarga mahkamlash yoki sumkaga solib qo‘yish mumkin. Zarur bo‘lganda esa mos smartfon yordamida buyumning joylashuvini aniqlashga harakat qilish mumkin.

Bunday gadjet, ayniqsa, o‘z buyumlarini mustaqil nazorat qilishni endi o‘rganayotgan bolalarga juda kerak.

Mustaqil harakat qilishga yordam beradigan gadjetlar

O‘qish uchun foydali qurilmalar eng texnologik yoki ko‘p funksiyali gadjetlar bo‘lishi shart emas. Muhimi, ular muayyan vazifani hal qilishi va bolaga asta-sekin bu ishlarni mustaqil bajarishga yordam berishi: eslatma qo‘yish, kerakli kitobni topish, taymerni ishga tushirish, dars uchun materiallarni tayyorlash yoki biror narsa tushunarsiz bo‘lsa, savol berish.

Shunda texnologiyalar maktab o‘quvchisini nazorat qilishning yana bir vositasiga emas, balki unga o‘z kunini tashkil qilish, buyumlarini nazorat qilish va kattalarning doimiy eslatmalarisiz kundalik vazifalarni bajarishni asta-sekin o‘rganishga yordam beradigan vositaga aylanadi.

Reklama huquqlari asosida.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling