2026-yilda o‘zbekistonliklar nimalarni o‘qimoqda?

2026-yil boshidan buyon Uzum Market foydalanuvchilari 3 millionga yaqin kitob sotib oldi, bu o‘tgan yilga nisbatan deyarli ikki baravar ko‘p. Xaridorlar ko‘pincha o‘zbek tilidagi nashrlarni tanladi, eng ommabop kitob esa O‘lmas Umarbekovning "Odam bo‘lish qiyin" romani bo‘ldi.
Yil boshidan buyon Uzum Market foydalanuvchilari 3 millionga yaqin kitobga buyurtma berdi — bu o‘tgan yilga nisbatan deyarli ikki barobar ko‘p. Shu bilan birga, xaridorlar ko‘pincha o‘zbek tilidagi adabiyotlarni tanlaydi, o‘qishga qiziqish esa hududlarda tezroq o‘sadi.
Marketpleys tahlilchilarining ma’lumotlariga ko‘ra, kitob xaridorlari soni bir yil ichida deyarli 70% ga oshgan va har o‘n nafar xaridordan to‘rttasi kitob xarid qilish uchun kamida ikki marta qaytib kelgan. Badiiy adabiyot eng ommabop toifaga aylandi.
O‘tgan yili bestsellerlar orasida ingliz tili darsliklari va bolalar kitoblari yetakchilik qilgan bo‘lsa, hozirda o‘zbek nasri, o‘z-o‘zini rivojlantirishga oid kitoblar, zamonaviy xorijiy va diniy adabiyotlar yetakchilik qilmoqda. Yilning asosiy xiti O‘lmas Umarbekovning Odam bo‘lish qiyin" romani bo‘ldi. Keyingi o‘rinlarda Makoto Sinkay va Naruki Nagakavaning “U va uning mushugi”, Kim Ji Xening “Kitob oshxonasi” va Pak So Yonning “Restoran 06:06:06” kitoblari joylashgan. Chet tillari bo‘yicha qo‘llanmalar (eng mashhurlari — turk va ingliz tillari) ham sotuvlar qatorida yuqori o‘rinlarda qolmoqda: Sinav Multilevel va Multilevel Master hamon ko‘p sotiladigan nashrlar qatoriga kiradi.
Xaridlarning yarmidan ko‘pi o‘zbek tilidagi kitoblarga to‘g‘ri keladi. Rus tilidagi nashrlar 24% dan ortiq, ingliz tilidagi nashrlar 16% dan ortiq. Shu bilan birga, turk, arab va koreys tillaridagi kitoblarga ham qiziqish ortib bormoqda.
Buyurtma qilingan kitoblar soni bo‘yicha poytaxt hamon yetakchilik qilmoqda: ushbu toifadagi barcha sotuvlarning deyarli 30 foizi Toshkentga to‘g‘ri keladi, biroq talab eng tez sur’atlarda hududlarda o‘smoqda. Surxondaryo viloyatida o‘tgan yilga nisbatan 2,6 barobar, Qashqadaryoda qariyb 2,5 barobar, Jizzaxda ikki barobardan ziyod kitob xarid qilindi.
“Butun dunyo bo‘ylab marketpleyslar o‘z foydalanuvchilariga sevimli kitoblarini topish yoki o‘zlari uchun yangi narsalarni kashf etish imkoniyatini beradi va Uzum Market ham bundan mustasno emas, bugungi kunda bizning assortimentimizda 100 mingga yaqin nashr mavjud. So‘nggi bir yil ichida Uzum Market’da kitob sotuvchilari soni 26% ga oshdi. Biz istalgan kitobni — klassik, yangi roman, bolalar uchun hikoya yoki o‘quv qo‘llanmasini oson topish imkoni bo‘lishini xohlaymiz. Hududlarda sotuvlarning o‘sishi odamlarga kitoblarni oson xarid qilish imkoniyati zarurligini ko‘rsatmoqda. Biz o‘zbekistonliklarga uy kutubxonalarini jamlash va yangi bilimlar olishda yordam bergan holda, ushbu yo‘nalishni rivojlantirishda davom etamiz”, — deydi Uzum Market tijorat direktori Alina Musiyenko.
Reklama huquqlari asosida.