Toshkentda boks boʻyicha jahon chempionatining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi

E’lon qilingan sana· 888
Toshkentda boks boʻyicha jahon chempionatining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi

1-maydan boshlab dunyoning eng kuchli bokschilari Toshkentda jahon chempionligi uchun bahslarga kirishishadi.

Humo arenada mamlakatimiz ilk bor mezbonlik qilayotgan dunyo birinchiligining tantanali ochilish marosimi oʻtkazildi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov, Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) prezidenti Umar Kremlev, Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vaziri Adham Ikramov, Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi bosh kotibi Oybek Kasimov, MOQ raisi oʻrinbosari, mamlakat boks federatsiyasi raisining birinchi oʻrinbosari Saken Polatov ishtirok etishdi.

Bosh vazir Abdulla Aripov nutq so‘zlab, musobaqa mehmonlarini qutladi va mamlakat sport sohasida, xususan boks sporti bo’yicha o’zining yetakchilik o’rnini mustahkamlab kelayotganini aytdi.

Shundan so’ng O’zbekistonning milliy madhiyasi yangradi. Bu vaqtda hamma o’rnidan turib madhiyani birga kuyladi. Tribuna bo’ylab mamlakatning bayrog’i harakatlandi.

Marosimni boks bo’yicha olimpiya chempioni Bahodir Jalolovning chiqishi va nutqi davom ettirdi. Shundan so’ng musiqiy dasturga yana navbat berildi. Unda taniqli reper Shoxrux o’zining yangi qo’shiq premyerasini taqdim etdi, u o’zining instagram sahifasida qo’shiq yaqin kunlarda internet saytlarga ham chiqishi haqida yozib qoldirgan.

Ochilish marosimida dunyoga mashhur Boney M guruhi ishtirokidagi konsert dasturi bo’lib o’tdi.

Boks bo’yicha jahon chempionatining saralash va chorak final janglariga borish istagida bo’lsangiz, ushbu havola orqali ma’lumotlarga ega bo’lishingiz mumkin.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ