O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Abduqodir Husanov “Lans” klubi futbolchisiga aylandi

O‘zbekiston terma jamoasining 19 yoshli himoyachisi Abduqodir Husanov o‘tgan mavsumda Fransiya chempionatida 2-o'rinni egallagan va g‘olib “PSJ"dan bir ochko ortda qolgan “Lans” jamoasi futbolchisiga aylandi. Futbolchining transferini fransuz klubi tasdiqladi.
So‘nggi ikki yil davomida Husanov Belarusning “Energetik-BGU” jamoasida o‘ynadi, bu jamoaga u “Bunyodkor” akademiyasidan ko‘chib o‘tgandi. Shu vaqt ichida Abduqodir minskliklar safida 37 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Yangi klubida o‘zbekistonlik futbolchi 25-raqam ostida o‘ynaydi. Shartnoma to‘rt yilga tuzilgan — 2027-yilgacha mo‘ljallangan. “Lans” sayti futbolchini “Osiyolik noyob iste’dod egasi” va Liga 1 tarixidagi birinchi o‘zbekistonlik futbolchi sifatida ta’riflagan.
Eslatib o‘tamiz, kuzda “Lans” klubi UEFA Chempionlar Ligasi guruh bosqichida o‘ynaydi.
Xusanov 2023-yilning bahorida O‘zbekiston U-20 terma jamoasi bilan birgalikda Osiyo kubogida g‘olib chiqdi va yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etdi. Iyun oyida Abduqodir CAFA Nations Cup 2023 musobaqasida uchta o‘yin o‘tkazib, mamlakat asosiy terma jamoasi safida debyut qildi.