Anons

Bukhara Night Race xayriya musobaqasi

E’lon qilingan sana· 52
Bukhara Night Race xayriya musobaqasi

Buxoro shahrida Bukhara Night Race xayriya musobaqasi boʻlib oʻtadi.

Bukhara Night Race — Oʻzbekistondagi birinchi tungi yugurish musobaqasi boʻlib, u Buxoroda quyosh botganda boshlanadi. Tadbir doirasida 5 va 10 km masofaga yugurish, “skandinavcha yurish”, shuningdek, 4 yoshdan katta bolalar uchun yugurish musobaqasi o’tkaziladi.

Tadbir O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan o‘tkazilayotgan Samarkand Marathon xayriya musobaqalarining bir qismidir.

Marshrut eski shaharning diqqatga sazovor joylari — minorai Kalon, masjid, madrasa, karvonsaroylar hamda mashhur gumbazlar tevaragidan o‘tib, masofaning yoqimli tungi charag‘on muhitini hosil qiladi

Ishtirok etish uchun to‘lov: 100 000 so‘mdan 200 000 so‘mgacha (tanlangan masofaga qarab).
Musobaqa uchun ro’yxatdan o’tish marafon saytida mavjud.

Shveytsariyalik DJ Mehmet Aslan Bukhara Night Race madaniy dasturi rezidenti bo’ladi.

Tadbir Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, Yoshlar siyosati va sport ishlari vazirligi, Buxoro viloyati hokimligi hamkorligida tashkil etildi.

  • Sana
    26-avgust
    Joy
Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2023 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ