Futbol bo‘yicha Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichiga qur’a tashlandi

E’lon qilingan sana· 554
Futbol bo‘yicha Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichiga qur’a tashlandi

Futbol bo‘yicha Osiyo Chempionlar ligasining 2023/24-yilgi mavsum guruh bosqichiga qur’a tashlandi. Musobaqada O‘zbekistonning 4 ta klubi — “Paxtakor”, “Nasaf”, “Navbahor” va AGMK qatnashadi.

Qurʼa natijasiga ko‘ra, musobaqaning G‘arbiy mintaqasidagi guruhlar quyidagicha ko‘rinish oldi:

  • “A” guruhi: “Paxtakor” (O‘zbekiston), “Al-Fayha” (Saudiya Arabistoni), “Ahal” (Turkmaniston), “Al-Ayn” (BAA);
  • “B” guruhi: “As-Sadd” (Qatar), “Nasaf” (O‘zbekiston), “Al-Faysali” (Iordaniya), “Sharja” (BAA);
  • “C” guruhi: “Al-Ittihod” (Saudiya Arabistoni), “Sepahon” (Eron), “Eyr Fors” (Iroq), AGMK (Olmaliq);
  • “D” guruhi: “Al-Hilol” (Saudiya Arabistoni), “Nassaji Mozondaron” (Eron), “Mumbay Siti” (Hindiston), “Navbahor” (O‘zbekiston);
  • “Y” guruhi: “Persepolis” (Eron), “Duhayl” (Qatar), “Istiqlol” (Tojikiston), “An-Nasr” (Saudiya Arabistoni).

O‘zbekistonning ikki klubi Saudiya Arabistonining yulduzli tarkibga ega klublari bilan to‘qnash keldi. Shunday qilib, AGMK tarkibiga Karim Benzemani qo‘shib olgan “Al-Ittihod” bilan, “Navbahor” esa Neymar bilan shartnoma tuzgan “Al-Hilol” bilan o‘ynaydigan bo‘ldi.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ