O‘zbekistonlik taekvandochi kadetlar o‘rtasida jahon chempioni bo‘ldi

E’lon qilingan sana· 537
O‘zbekistonlik taekvandochi kadetlar o‘rtasida jahon chempioni bo‘ldi

Bosniya va Gersogovinaning Sarayevo shahrida kadetlar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Unda O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Islom Axchurin oltin medalini qo‘lga kiritdi, deya xabar bermoqda Yoshlar siyosati va sport vazirligi.

O’z ishtirokini nimchorak finaldan boshlagan Islom Axchurin avval gruziyalik, so’ng polshalik raqibini, yarim finalda esa Xitoy Taypeyi sportchisini musobaqadan chiqarib yubordi. Final bahsida italiyalik raqibi ustidan 2:1 hisobida g’alaba qozongan Axchurin kadetlar o’rtasida Jahon chempioniga aylandi.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ