O‘zbekistonlik og‘ir atletikachi Jahon chempionatida 2 ta medal qo‘lga kiritdi

E’lon qilingan sana· 75
O‘zbekistonlik og‘ir atletikachi Jahon chempionatida 2 ta medal qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatida o‘zbekistonlik Muhammadqodir Toshtemirov ikkita medalga ega chiqdi, deya xabar bermoqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.

11-sentyabr kuni Saudiya Arabistoni mezbonlik qilayotgan og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi ilk medallarini qo‘lga kiritdi. Muhammadqodir Toshtemirov dast ko‘tarish bahsida (164 kg) oltin medalni qo‘lga kiritdi, u siltab ko‘tarish bo‘yicha sovrin yutolmagan bo‘lsa ham umumiy hisobda bronzaga loyiq ko‘rildi.

-81 kg vazn toifasida bahs olib borgan Muhammadqodir Toshtemirov dast ko‘tarish mashqida 164 kg natija bilan oltin medalga ega chiqdi.

Siltab ko‘tarishdagi 188 kg unga mazkur yo‘nalishda medal taqdim qilmadi. Ammo u ikki kurash hisobida 352 kg bilan bronza medalini qo‘lga kiritdi.

G‘oliblar:

  • Oskar Martines (Italiya) — 356 (163+193) kg
  • Rahmat Abdulloh (Indoneziya) — 354 (145+209) kg
  • Muhammadqodir Toshtemirov (O‘zbekiston) — 352 (164+188) kg.
Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ