OChL. “Nasaf”da g‘alaba, “Navbahor”da durrang, OKMK esa yirik hisobda mag‘lubiyatga uchradi

E’lon qilingan sana· 144
OChL. “Nasaf”da g‘alaba, “Navbahor”da durrang, OKMK esa yirik hisobda mag‘lubiyatga uchradi

18-sentyabr kuni O‘zbekistonning uchta klubi futbol bo‘yicha Osiyo Chempionlar ligasining 1-turi doirasida safarda uchrashuvlar o‘tkazdi.

Namanganning “Navbahor” klubi Saudiya Arabistonining “Al Hilol” jamoasi mehmoni bo‘ldi. Namanganliklar 4 karra Osiyo chempionlari bilan durrang qayd etdi.

Birinchi bo‘lim teng kurashlar ostida o‘tdi. Uchrashuvning 52-daqiqasiga kelib namanganliklar hujumchisi Toma Tabatadze qarshi hujumdan unumli foydalanib hisobni ochdi. Uchrashuvga qo‘shib berilgan 90+10-daqiqada raqib jamoa a’zosi Al Bulayhi hisobni tenglashtirib, jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.

Ma’lumot uchun, “Al Hilol” tarkibida Neymar, Mitrovich va Malkom kabi yulduzlar 90 daqiqa davomida harakat qildi.

Bundan tashqari, OChL 1-turi doirasida O‘zbekistonning boshqa klublari ham o‘z o‘yinlarini o‘tkazdi. Xususan, Qarshining “Nasaf” klubi safarda Iordaniyaning “Al Faysali” jamoasini mag‘lub etdi. Dramatik o‘tgan uchrashuvdagi yagona gol 90+8-daqiqada Zafarmurod Abdurahmatov tomonidan kiritildi.

Shuningdek, Olmaliqning OKMK klubi Jiddada Saudiya Arabistonining yana bir klubi yulduzli tarkibga ega klubi — “Al Ittihod"ga qarshi maydonga tushdi. OKMK safarda yirik — 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

Uchrashuvda “Ittihod"ning asosiy yulduzi hisoblangan Karim Benzema maydonga tushmadi (qaydnomaga ham kiritilmagan), Ngolo Kante esa 80 daqiqa davomida harakat qildi.

Eslatib o‘tamiz, bugun “Bunyodkor” stadionida “Paxtakor” BAAning “Al Ayn” jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ