Xonanda Alijon Isoqov “Shaxmat plus” o‘yinini patentladi

E’lon qilingan sana· 1 157
Xonanda Alijon Isoqov “Shaxmat plus” o‘yinini patentladi

Xonanda Alijon Isoqov shaxmat o‘yiniga qo‘shimcha kiritib, yangi o‘yinni “Shaxmat plus” deb atadi va mualliflikni patentladi, deya xabar bermoqda Madaniyat vazirligi.

Isoqov odatiy shaxmat o‘yiniga yana 4 tadan 8 ta ta’minotchi donachalar qo‘shgan va doskani kengaytirgan. Donachalarning harakati o‘zgarmagan. Odatiy shaxmatda kataklar soni 64 ta bo‘lsa, shaxmat plusda ular 80 tagacha oshirilgan.

Isoqov ushbu kiritilgan o‘zgarishlarni qo‘shib, rasman yangi sport turi sifatida qayd etish uchun Adliya vazirligiga borgan. U yerda mualliflik guvohnomasi, bundan tashqari, EHM dasturlari uchun patent hamda guvohnoma ham berishgan. Shu tariqa shaxmatga kiritilgan ushbu o‘zgarish yangi sport turiga aylandi va “Shaxmat plus” nomi bilan patentlandi.

“Shaxmat ustalari Baxtiyor Jumayev va Bobur Sattorov bu doskada o‘ynab ko‘rishdi, „5 partiya o‘ynab, shuni anglab yetdikki, murakkab va qiziqarli o‘yin chiqibdi, oldingi o‘yindan ikki yarim baravar kuchli“, degan xulosaga kelishdi”, — deydi Alijon Isoqov.