Asila Mirzayorova Osiyoning “Eng yaxshi ayol para atleti” deb topildi

E’lon qilingan sana· 151
Asila Mirzayorova Osiyoning “Eng yaxshi ayol para atleti” deb topildi

Saydiya Arabistonining Ar Riyod shahrida Osiyo Paralpiya qo‘mitasining konferensiyasi va Bosh assambleyasi bo‘lib o‘tdi. Unda 2023-yil sarhisobi o‘tkazilib, yilning eng yaxshilari taqdirlandi.

Para yengil atletika bo‘yicha Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlari sovrindori, jahon chempioni, Xanchjou-2022 Para Osiyo o‘yinlari g‘olibi Asila Mirzayorova qit’aning “Eng yaxshi ayol para atleti” deb topildi.

Shuningdek, Osiyo Paralimpiya qo‘mitasi vitse-prezidenti — O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisi Muxtorxon Toshxo‘jayev Osiyo ordeni bilan taqdirlandi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling