Lionel Messi Time jurnaliga ko‘ra 2023-yilning eng yaxshi sportchisi deb topildi
E’lon qilingan sana: · 55

AQShning mashhur Time jurnalist argentinalik futbolchi Lionel Messini yilning eng yaxshi atleti deb topdi. Jurnalning yangi soni muqovasi uning fotosuratlari bilan bosib chiqarildi.
Leo Messi 2022-yilning dekabrida Argentina terma jamoasi bilan Jahon chempionligini qo‘lga kiritdi. 2023-yilning iyun oyida Fransiyaning “PSJ” jamoasi bilan shartnomasi tugagandan so‘ng, Messi Devid Bekham boshchiligidagi “Inter Mayami” jamoasiga borib qo‘shildi.
Messi MLSda 7 ta o‘yin o‘tkazib, 10 ta golga mualliflik qildi. Ammo hozirda uning jamoasi uchun chempionat yakunlangan — “Mayami” MLS pley-offiga yo‘l ololmadi.