“To‘n kiygan Karlsen”: Samarqandda shaxmat bo‘yicha jahon chempionati start oldi

E’lon qilingan sana· 152
“To‘n kiygan Karlsen”: Samarqandda shaxmat bo‘yicha jahon chempionati start oldi

Samarqandda shaxmatning tezkor va blits yo‘nalishlari bo‘yicha jahon chempionatining ochilish marosimi va matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Ishtirokchilar 26-dekabrdan 30-dekabrgacha shaxmatning rapid va blis yo‘nalishlarida bahs olib borishadi.

Marosim jahon rapid va blis turnirining zamonoviy tarixi va oldingi musobaqalarning asosiy onlari haqida hikoya qiluvchi videolavha bilan boshlandi. Dasturning keyingi qismi pul mukofotiga bag‘ishlandi: shaxmat donalariga o‘xshash oq-qora rangdagi artistlar million dollar naqd pul solingan quti bilan sahnaga chiqishdi.

Chempionat ochilishi munosabati bilan o‘tkazilgan matbuot anjumanida Magnus Karlsen o‘tgan yili Qozog‘istonda shaxmatni qanday rivojlantirish kerakligi haqidagi savolga shunday javob berganini taʼkidladi: “Aytganimdek, O‘zbekiston buni qanday amalga oshirayotganiga eʼtibor bering”.

Shuningdek, Gazeta.uz'ning xabar berishicha, jahon shaxmat yulduzi Magnus Karlsen o‘zini blits yo‘nalishida favorit deb atagan.

“Rapidda raundlar sezilarli darajada kamroq, shuning uchun topdagi natijalar nisbatan tasodifiy. Men shaxsan o‘zimni blitsda favorit deb bilaman. Rapid bo‘yicha chempionatda esa ko‘pchilik shaxmatchilarda g‘alaba qozonish imkoniyati bor, degan bo‘lardim, jumladan, Nodirbekda ham. Lekin kimnidir ajratib ko‘rsat bo‘lmaydi”, — dedi Karlsen.

O‘zbekiston sharafini 33 nafar shaxmatchi himoya qiladi: Olimpiya o‘yinlari chempionlari Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindarov, Nodirbek Yoqubboyev, Jahongir Vohidov, Shamsiddin Vohidov, grossmeyster Abdimalik Abdisalimov va boshqalar.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ