“Humo” xokkey klubi Qozog‘istonning “Irtish” jamoasini tor-mor etdi

E’lon qilingan sana· 259
“Humo” xokkey klubi Qozog‘istonning “Irtish” jamoasini tor-mor etdi

Toshkentning “Humo” xokkey klubi Qozog‘istonning “Pro Hokei Ligasy” turniri doirasida o‘z uyida Pavlodarning “Irtish” jamoasini qabul qildi va yirik — 10:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Humo arenada bo‘lib o‘tgan uchrashuvga 3800 dan ortiq muhlis tashrif buyurdi.

Uchrashuv to‘liq qanotlilarning nazorati ostida o‘tdi. Birinchi davr yakunlanishiga 5 daqiqa qolganda “Humo” hujumchisi Vadim Kravchenko hisobni ochdi. Bir necha daqiqa o‘tib, Sinyavskiy hisobni yana bittaga oshirdi. Ikkinchi davrda toshkentliklar yana ikkita shayba kiritdi.

Uchinchi davrda esa qanotlilar raqib darvozasiga 6 ta shayba kiritib, yakuniy hisobni 10:0 ko‘rinishiga keltirdi. Ushbu hisob “Humo” jamoasining uch mavsumdagi va “Pro Hokei Ligasy"ning bu mavsumdagi rekordi hisoblanadi.

Uchrashuvda o‘zbekistonlik yosh xokkeychi Jasurbek Rustamxonov o‘z debyut golini kiritdi, shuningdek, uning jamoadoshi Daniel Kogan ham o‘z debyut golini nishonladi. Vasiliy Jilov esa raqib darvozasiga 3 ta shayba kiritib, o‘z nomiga xet-trik yozdirib qo‘ydi.

“Humo"ning navbatdagi ikkita uchrashuvi safarda “Torpedo” va “Olmaota” jamoalariga qarshi bo‘lib o‘tadi. Keyingi uy uchrashuv esa 23-noyabr kuni “Sariarka"ga qarshi o‘tkaziladi.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ