Anons

“Men G‘olib” ommaviy yugurish musobaqasi

E’lon qilingan sana: · 143
“Men G‘olib” ommaviy yugurish musobaqasi

“Men G‘olib” ommaviy yugurish musobaqasi Kichik Beshyog‘och ko‘chasida, “Humo Arena” yonida bo‘lib o‘tadi.

“Men G‘olib” yugurish musobaqasi O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va huquq-tartibot idoralari o‘rtasida yugurish bo‘yicha O‘zbekiston chempionati doirasida har yili o‘tkaziladigan sport tadbiri. 14-yanvarda nishonlanadigan Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan o‘tkazildi.

Masofalar: 1 km, 3 km va 10 km.

Ishtirokchilarning yigʻilishi soat 07:00.

Roʻyxatdan oʻtgan ishtirokchilarga Oʻzbekiston yengil atletika federatsiyasi tomonidan ishtirokchilar toʻplami taqdim etiladi.

Ishtirokchilar toʻplamiga quyidagilar kiradi:

  • chip raqami;
  • futbolka.

Ishtirokchilar to‘plamini olish uchun 2024-yil 13-yanvardan boshlab soat 10:00dan 18:00ga qadar O‘zbekiston Yengil atletika federatsiyasi binosiga shaxsan borish va ro‘yxatdan o‘tgan ishtirokchining QR-kodini ko‘rsatish kerak.

G‘olib va sovrindorlar tadbir tashkilotchilari va hamkorlari tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadilar.

Ishtirok etish narxi: 150 000 so‘m.
Ushbu havola orqali roʻyxatdan oʻtish talab qilinadi.

Jadval

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling