“Samarkand Marathon” xayriya yugurish musobaqalari turkumidagi tadbirlar sanalari e’lon qilindi

E’lon qilingan sana· 125
“Samarkand Marathon” xayriya yugurish musobaqalari turkumidagi tadbirlar sanalari e’lon qilindi

Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamgʻarmasi axborot xizmati 2024-yilgi “Samarkand Marathon” xayriya yugurish musobaqalari turkumi doirasidagi tadbirlar jadvalini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, yugurish musobaqalari quyidagi sanalarda bo‘lib o‘tadi:

  • 13−14-aprel — “Sky Camp Bo‘stonliq”
  • 2-iyun — “ZAAMIN ULTRA”
  • 24-avgust — “Bukhara Night Race”
  • 3-noyabr — “Samarkand Marathon”

Bundan tashqari, ilk marotaba bunday musobaqa Qo‘qon shahrida ham o‘tkazilishi rejalashtirilgan. “Kokand Half Marathon” sentyabr oyida bo‘lib o‘tishi aytilgan, ammo hali aniq sana belgilanmagan.

“Samarkand Marathon” turkumiga mansub poygalar mamlakatimizdagi eng peshqadam sport voqeasi hisoblanib, u butun dunyodan xayriya maqsadlari uchun shijoatli minglab ishtirokchilarni birlashtiradi, deyiladi jamg‘arma xabarida.

Har bir tadbir keng qamrovli madaniy dastur bilan hamohamg o‘tadi. Poyga mehmonlari va qatnashchilari uchun taniqli san’atkor va sozandalarning konsertlari tashkil etiladi.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ