Humo Arena’da tennis bo‘yicha Devis kubogi saralash o‘yinlari bo‘lib o‘tadi

E’lon qilingan sana· 498
Humo Arena’da tennis bo‘yicha Devis kubogi saralash o‘yinlari bo‘lib o‘tadi

2−3-fevral kunlari Humo Arena’da Devis kubogi jahon saralash bosqichining birinchi raundidan oʻrin olgan Oʻzbekiston — Polsha terma jamoalari oʻrtasidagi bahs boʻlib oʻtadi. Bellashuvlar oldidan qurʼa tashlash marosimi va matbuot anjumani oʻtkazildi, deya xabar bermoqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.

Tadbirda Oʻzbekiston tennis federatsiyasi Bosh kotibi Iroda Toʻlaganova va federatsiya raisi oʻrinbosari Azizbek Xadjayev, oʻyin referisi Tom Kinlox, Polsha tennis federatsiyasi masʼullari va OAV xodimlari ishtirok etish

Qurʼa yakunlariga koʻra, juftliklar quyidagicha koʻrinish oldi:

2-fevral, soat 14:00 da:

  • Sergey Fomin — Xubert Xurkach;
  • Humoyun Sultonov — Maks Kasnikovski.

3-fevral, soat 13:00 da:

  • Sergey Fomin / Maksim Shin — Xubert Xurkach / Yan Zelinski;
  • Humoyun Sultonov — Xubert Xurkach;
  • Sergey Fomin — Maks Kasnikovski.
Humo Arena’da bo‘lib o‘tadigan uchrashuvlarga kirish bepul.
Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ