O‘zbekistonlik dzyudochilar Parij “Katta dubulg‘a” turnirida ikkita bronza medalini qo‘lga kiritdi
E’lon qilingan sana: · 427
Dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi Fransiya poytaxti mezbonlik qilgan “Katta dubulgʻa” musobaqasidagi ishtirokini tugatdi, deya xabar bermoqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.
O‘zbekistonlik sportchilar mazkur turnirda 2 ta bronza medallarini jamgʻardi. Ogʻir vazn toifasida kechgan bellashuvlarda Alisher Yusupov bronza medaliga ega chiqdi. Yusupov gruzin polvoni Irakli Demetrashvilidan ustun keldi. Shuningdek, Shahram Ahadov (-73 kg) ham sovrindorlar qatoridan joy oldi.