O‘zbekistonlik taekvondochilar “Fujairah Open” turnirida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi

E’lon qilingan sana· 172
O‘zbekistonlik taekvondochilar “Fujairah Open” turnirida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi

BAAning Fujayra shahrida taekvondo WT boʻyicha “Fujairah Open” musobaqasi oʻz yakuniga yetdi, deya xabar bermoqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.

Unda ishtirok etgan Oʻzbekiston terma jamoasi 6 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza, jami 10 ta medalni qoʻlga kiritdi. Bu ishtirokchi davlatlar orasida eng yaxshi koʻrsatkich boʻldi va o‘zbekistonliklar umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni egallashdi.

Shuningdek, terma jamoa oʻz tarixida birinchi bor G2 tasnifidagi ochiq turnirlarda 10 ta medalga sazovor boʻldi. Musobaqa gʻolib va sovrindorlari quyidagicha:

Oltin medal:

  • -54 kg: Jahongir Xudoyberdiyev;
  • -68 kg: Diyorbek Toʻxliboyev;
  • -74 kg: Ulugʻbek Rashitov;
  • -80 kg: Jasur Jaysunov;
  • -67 kg: Ozoda Sobirjonova;
  • +73 kg: Iroda Mirtojiyeva.

Kumush medal:

  • -74 kg: Najmiddin Qosimhojiyev.

Bronza medal:

  • -80 kg: Mavlonbek Toʻxtasinboyev;
  • +87 kg: Nikita Rafalovich;
  • -67 kg: Feruza Sodiqova.
Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ