Oʻzbekistonlik sportchi qilichbozlik boʻyicha Jahon Kubogida ilk marotaba sovrindor boʻldi

E’lon qilingan sana· 170
Oʻzbekistonlik sportchi qilichbozlik boʻyicha Jahon Kubogida ilk marotaba sovrindor boʻldi

Qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi a’zosi Zaynab Dayibekova Peruda oʻtkazilayotgan Jahon kubogida bronza medalini qoʻlga kiritdi. Bu kattalar oʻrtasidagi Jahon Kubogi bahslarida oʻzbekistonlik qilichbozlarning qoʻlga kiritgan ilk medali boʻldi, deya xabar bermoqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.

Dayibekova saralashdan muvaffaqiyatli oʻtib, pley-offda ham ishonchli harakat qildi. U musobaqa davomida Bolgariya, Italiya, Hindiston, Yaponiya vakillarini magʻlubiyatga uchratishga erishdi.

Shundan keyin u yarim finalda ikki karra jahon chempioni vengriyalik Shugar Battaiga imkoniyatni boy berdi va musobaqani bronza medali bilan yakunladi.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ