Suzish bo‘yicha O‘zbekiston rekordi yangilandi

E’lon qilingan sana· 204
Suzish bo‘yicha O‘zbekiston rekordi yangilandi

Suzish boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Ilya Sibirsev Qatar poytaxti Dohada oʻtayotgan jahon chempionatidagi ishtirokini yakunladi. Sibirsev O‘zbekiston rekordini o‘rnatdi, deya xabar bermoqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.

Gap shundaki, sportchi 800 metrga erkin usulda suzish dasturining saralash bosqichida 7:53.87 daqiqa vaqt koʻrsatdi. Bu mazkur masofadagi yangi Oʻzbekiston rekordi sifatida qayd etildi. Ammo ushbu natija Sibirsevga final yoʻllanmasi uchun yetarli boʻlmadi va Sibirsev musobaqadagi ishtirokini yakunladi.

Ma’lumot uchun, Ilya 2 kun muqaddam 400 metrga (3:50.9) kechgan saralash bosqichida ham yangi milliy rekord egasiga aylangan edi. Taqvimga koʻra, 16-fevral kuni Eldorbek Usmonov batterflyay usulda suzish dasturida ishtirok etadi.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ