Nodirbek Abdusattorov TOP-10 shaxmatchilar ro‘yxatiga kirdi

E’lon qilingan sana· 269
Nodirbek Abdusattorov TOP-10 shaxmatchilar ro‘yxatiga kirdi

Nodirbek Abdusattorov o‘zbekistonlik shaxmatchilar orasida rekord o‘rnatdi. U dunyo bo‘yicha eng yuqori ball to‘plagan shaxmatchilar o‘nligiga kirdi.

Shaxmat bo‘yicha onlayn reyting yurituvchi 2700chess.com ma’lumotlariga ko‘ra, Nodirbek klassik yo‘nalishdagi ballarini 2753,5 ga yetkazib, 5 pag‘ona yuqorilagan holda TOP-10 ga kirdi. Uning rapid yo‘nalishidagi ballari esa 2733 ni tashkil qiladi. Abdusattorov 9-o‘rindagi xitoylik Yi Veidan atigi 1,5 ball ortda bormoqda.

Shuningdek, Nodirbek Abdusattorov kuchli o‘ntalikdagi eng yosh shaxmatchi sanaladi. U hozir 19 yoshda.

O‘zbekistonlik shaxmatchilar orasida bundan oldingi eng yaxshi natija Rustam Qosimjonovga tegishli bo‘lgan. U 2715 ball bilan 11-o‘rinni egallagan edi.

Mazkur reytingda 2830 ball bilan norvegiyalik mashhur shaxmatchi Magnus Karlsen yetakchilik qilmoqda. Undan keyingi o‘rinni AQSHliklar band etgan — Fabiano Karuana va Hikaru Nakamura. Ular tegishli tarzda 2804 va 2788 ball to‘plagan.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ