Toshkentda gandbol boʻyicha IHF Trophy turnirining qitʼalararo bosqichi boʻlib oʻtadi

E’lon qilingan sana· 359
Toshkentda gandbol boʻyicha IHF Trophy turnirining qitʼalararo bosqichi boʻlib oʻtadi

Toshkentda 28-fevral-3-mart kunlari gandbol boʻyicha IHF Trophy turnirining qitʼalararo bosqichi boʻlib oʻtadi, deya xabar bermoqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.

Unda U18 va U20 yosh toifalaridagi qizlar oʻrtasida tashkil etiladigan turnirda oʻz mintaqalarida gʻalaba qozongan jamoalar chempionlik uchun kurash olib borishadi.

Bahslar “Alpomish” kompleksi hamda Respublika Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida oʻtadi. Gʻolib jamoalar oʻz yosh toifalarida boʻlib oʻtadigan jahon chempionati yoʻllanmasiga sazovor boʻlishadi. Musobaqada qatnashadigan jamoalar:

  • U18: Oʻzbekiston, Gvadelupa, Yangi Kaledoniya, Nigeriya, Gvatemala, Kosovo;
  • U20: Oʻzbekiston, Yangi Kaledoniya, Meksika, Buyuk Britaniya, Peru, Gvineya.
Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ