Anons

VI Toshkent xalqaro marafoni

E’lon qilingan sana· 102
VI Toshkent xalqaro marafoni

Poytaxtda VI Toshkent xalqaro marafoni bo‘lib o‘tadi. Boshlang‘ich va marra chizig‘i Afrosiyob va Besheg‘och ko‘chalari chorrahasida bo‘ladi (moʻljal — Humo Arena muz saroyi).

“Toshkent Marafoni” xalqaro miqyosdagi sport tadbiri boʻlib, Jahon yengil atletika yorligʻi maqomiga ega va Butunjahon yengil atletika (Xalqaro yengil atletika federatsiyalari assotsiatsiyasi) musobaqalari taqvimiga kiritilgan.

Musobaqa quyidagi masofalarda oʻtkaziladi:

  • erkaklar va ayollar uchun marafon — 42,195 kilometr;
  • erkaklar va ayollar uchun yarim marafon — 21,1 kilometr;
  • erkaklar va ayollar o‘rtasida poyga — 10 kilometr;
  • erkaklar va ayollar o‘rtasida poyga — 3 kilometr;
  • Bolalar yugurish poygasi — 1 kilometr;
  • skandinavcha yurish — uch kilometr.

Ishtirokchilarning yoshi:

  • marafon va yarim marafon — erkaklar va ayollar o‘rtasida 18 yosh va undan katta;
  • 10 kilometr va uch kilometr — cheklovlarsiz;
  • Kids Run — 2012-yilda tugʻilgan va undan kichiklar.

Boshlanish vaqti:

  • Bolalar yugurishi — 20-aprel soat 10:00;
  • skandinavcha yurish — 20-aprel soat 10:30;
  • marafon, yarim marafon — 21-aprel soat 06:15;
  • 10 km — 21-aprel soat 07:00;
  • 3 km — 21-aprel soat 10:00.

Tadbirda fuqaroligidan qat’i nazar, barcha xohlovchi sportchilar va yuguruvchilar ishtirok etishi mumkin.

Ishtirokchilar to‘plamiga quyidagilar kiradi:

  • tanlangan masofaga mos ravishda chipli boshlangʻich raqam;
  • to‘rtta to‘g‘nog‘ich;
  • ryukzak;
  • tadbir logotipi tushirilgan futbolka;
  • tadbir kuni jamoat transporti uchun ikkita chipta.

Ro‘yxatga olish 5 aprelga qadar davom etadi.

Ishtirok etish narxi: 150 000 so‘mdan 350 000 soʻmgacha.
Bu yil tashkilotchilar kumush, oltin va platina ishtirokchilari raqamlarini taqdim etish boʻyicha yangi xizmatni joriy qildi. Narxi tanlangan masofaga qarab o‘zgaradi — 250 000 so‘mdan 1 200 000 so‘mgacha.

Qoʻshimcha variantlardan birini sotib olsangiz, quyidagilarni olishingiz mumkin:

  • ustuvor xizmat;
  • chiroyli raqam;
  • maxsus dizayn;
  • tanlov huquqi.

Marafonga veb-sayt orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin.

Murojaat uchun telefon raqamlari: (+998) 71−207−1071, (+998) 71−207−2072.

Tadbir tashkilotchisi — O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi.

  • Sana
    20-aprel
  • Sana
    21-aprel
    Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
    Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
    Muassis: «Afisha Media» MChJ
    Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
    Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
    © 2005-2024 Afisha.uz
    «Afisha Media» MChJ