JCH-2026 saralash. O‘zbekiston Gonkongni yirik hisobda mag‘lub etib, keyingi bosqich masalasini hal qildi
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi 26-mart kuni 2026-yilgi Jahon chempionati saralashninng ikkinchi bosqichi 4-turi doirasida Gonkong termasini qabul qildi. Uchrashuv 3:0 hisobida mezbonlar foydasiga hal bo‘ldi.
Uchrashuv to‘liq o‘zbekistonliklarning nazorati ostida o‘tdi. Bu ustunlik 20-daqiqaga kelibgina tabloda ham aks etishni boshladi. Abbosbek Fayzullayevning pasidan so‘ng hujumchi Eldor Shomurodov to‘pni darvoza to‘riga joylab qo‘ydi. U o‘zining milliy jamoadagi 40-golini urib, terma jamoa yakka to‘purariga aylandi.
Birinchi bo‘limdan so‘ng terma jamoa sardori zahiraga olindi. Oston O‘runov uning o‘rnini egalladi. Shomurodovda yana jarohat qaytalangani aytilmoqda.
57-daqiqaga kelib, Abbosbek Fayzullayev ham zahiraga olindi, uning o‘rniga Hojimat Erkinov maydonga tushdi va 63-daqiqada aynan u 2-golga mualliflik qildi.
70-daqiqaga hisob yiriklashdi. Odilbek Hamrobekovning pasidan keyin zahiradan maydonga tushgan Oston O‘runov “oq bo‘rilar"ning 3-goliga mualliflik qildi.
Shunday qilib, O‘zbekiston “E” guruhida 4 turdan so‘ng 10 ochko jamg‘argan holda gollar nisbati hisobiga Erondan keyin ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.
Shu tariqa, O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2026 3-bosqich saralash o‘yinlari va 2027-yil Saudiya Arabistonida o‘tkaziladigan Osiyo chempionati yo‘llanmasini muddatidan avval hal qildi.
Gollar videolari