Hasanboy Doʻstmatov — IBA chempioni boʻlgan boks kechasidan maxsus reportaj

E’lon qilingan sana· 343
Hasanboy Doʻstmatov — IBA chempioni boʻlgan boks kechasidan maxsus reportaj

14-aprel kuni Humo Arena majmuasida “IBA Chempionlar oqshomi” boks kechasi boʻlib oʻtdi. Unda 7 nafar oʻzbekistonlik bokschi chet ellik raqiblariga qarshi ringga koʻtarildi. Kechaning asosiy jangi Hasanboy Doʻstmatov va ispaniyalik Samnuel Karmona ishtirokida boʻlib oʻtdi. Ular toʻliq 10 raund jang oʻtkazdi va yakunda oʻzbekistonlik bokschi gʻalabaga erishib, IBA chempioniga aylandi. Afisha.uz oʻzbekistonlik bokschilar benefisiga aylangan kichik turniridan maxsus reportaj tayyorladi.

“IBA chempionlar oqshomi"da A’loxon Abdullayev, Iqboljon Xoldarov, Mujibillo Tursunov, Elnur Abduraimov, Jahongir Zokirov, Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev va Hasanboy Doʻstmatovlar oʻz janglarini oʻtkazishdi.

Boks kechasini 75 kg vazn toifasidagi A’loxon Abdullayev va moʻgʻilistonlik Jargal Otgonjargallarning jangi ochib berdi. A’loxon oʻz raqibini 5-raunddayoq nokautga uchratib, oʻzbekistonlik bokschilarning zafarli yurishini boshlab berdi.

Ikkinchi boʻlib 71 kg vazn toifasida Iqboljon Xoldorov ringga koʻtarildi. U 6 raund yakuniga koʻra qozogʻistonlik Rahmanqul Sagadatni magʻlubiyatga uchratdi.

-63.5 kg vazn toifasi vakili Mujibillo Tursunov tanzaniyalik Juma Chokini ochkolar evaziga magʻlub etib, oʻzbekistonlik bokschilarning gʻalabali yurishini davom ettirdi.

“IBA chempionlar oqshomi"ning -60 kg vaznda o‘tkazilgan bahsida Elnur Abduraimov meksikalik tajribali Sarlos Ornales ustidan g‘alaba qozondi.

Kechaning 5-jangida ham oʻzbekistonlik bokschi gʻalabaga erishdi: +92 kg vaznda ringga ko‘tarilgan Jahongir Zokirov xorvatiyalik bokschi Smaki Agron ustidan ishonchli tarzda g‘alabaga erishdi.

Asosiy kard janglaridan birida -67 kg vazn toifasida harakat qiluvchi o‘zbekistonlik Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev Turkiya vakili Fotih Kelesga qarshi ringga ko‘tarildi. 8 raundga mo‘ljallangan jang to‘liq davom etdi. Yakunda Asadxo‘ja hakamlar qaroriga ko‘ra g‘alaba qozondi.

Kechaning asosiy jangi eng oxirida boʻlib oʻtdi. Unda -51 kg vazn toifasida harakat qilayotgan Hasanboy Do‘stmatov IBA chempionlik kamari uchun ispaniyalik Samuel Karmonaga qarshi jang qildi.

10 raundga mo‘ljallangan jang to‘liq davom etdi. Yakunda esa Hasanboy hakamlar qaroriga ko‘ra g‘alaba qozondi va IBA chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi. “Daryo” nashrining yozishicha, IBA chempionlik kamari uchun kechgan jangda ochkolar hisobiga ko‘ra zafar quchgan Do‘smatov 350 ming AQSH dollari miqdoridagi kafolatlangan gonorarga ega bo‘lgan.

Afisha.uz mazkur “IBA chempionlar oqshomi"dan videoreportaj ham tayyorladi. Videoda Hasanboy Doʻstmatovning jangi, chempionlikdan keyingi fikrlari, va’da qilingan “Gelik” haqida bilib olishingiz, shuningdek toʻliq atmosferani his qilishingiz mumkin. Reportajni quyidagi havo orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Mirjalol Qosimov
Muallif
Mirjalol Qosimov
Azizbek Xamrakulov
Fotosuratchi
Azizbek Xamrakulov
Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ