Oʻzbekiston U-18 xokkey terma jamoasi Osiyo-Okeaniya chempionatida gʻolib boʻldi

E’lon qilingan sana· 230
Oʻzbekiston U-18 xokkey terma jamoasi Osiyo-Okeaniya chempionatida gʻolib boʻldi

Xokkey boʻyicha 18 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo-Okeaniya chempionatida Oʻzbekiston terma jamoasi chempion boʻldi. Ular finalda Tailand terma jamoasini 2:1 hisobida magʻlubiyatga uchratdi va bosh sovringa ega boʻldi.

30-aprel kuni Toshkent va Samarqand shaharlarida oʻtkazilgan xokkey boʻyicha “U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati” doirasida final uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston U-18 terma jamoamiz Taylandga qarshi oʻyinda 2:1 hisobida gʻolib boʻldi.

3-oʻrin uchun kechgan bahsda Moʻgʻuliston xokkeychilari BAA termasini 4:2 hisobida magʻlub etdi va bronza medaliga ega boʻldi.

Ma’lumot uhcun, 10 ta jamoa qatnashgan chempionatning amaldagi g‘olibi sifatida ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi qatorasiga ikkinchi bor bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.