Futzal bo‘yicha JCH o‘yinlariga chiptasi bor muxlislarga temiryo‘ldan foydalanishga 50 foizli chegirma beriladi

E’lon qilingan sana· 1 589
Futzal bo‘yicha JCH o‘yinlariga chiptasi bor muxlislarga temiryo‘ldan foydalanishga 50 foizli chegirma beriladi

O‘zbekistonda 14-sentabr — 6-oktabr kunlari bo‘lib o‘tadigan futzal bo‘yicha Jahon chempionati o‘yinlariga chiptasi bor muxlislar temiryo‘ldan 50 foizli chegirma bilan foydalanadi. Bu prezidentning tegishli qarorida belgilandi, deya xabar bermoqda Adliya vazirligi.

Qarorga ko‘ra, Andijon, Buxoro hamda Toshkent shaharlarida 2024-yil 14-sentabr — 6-oktabr kunlari bo‘lib o‘tadigan 2024-yilgi futzal bo‘yicha Jahon chempionatida akkreditatsiyadan o‘tgan shaxslar, shuningdek, Jahon chempionati o‘yinlariga chiptalari mavjud bo‘lgan xorijiy va mahalliy muxlislar uchun temiryo‘l chiptalariga 50 foiz miqdorida chegirmalar joriy qilinadi.

Shuningdek, muhlislar uchun jamoat transportidan bepul foydalanish imkoniyati yaratiladi. Ular o‘yin kunlari chiptalari mavjud bo‘lgan shaxslar uchun jamoat transport vositalaridan (avtobus, metro) bepul foydalanish imkoniyati yaratiladi.

Bundan tashqari, 2024-yil iyun va avgust oylarida Jahon chempionati bosh sovrini — Jahon kubogini ommaga tanishtirish uchun respublika bo‘ylabTrophy experience” futzal turi marshruti ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi.


Ma’lumot uchun, Markaziy Osiyoda ilk bor o‘tadigan FIFA shafeligidagi musobaqada dunyoning eng kuchli 24 terma jamoasi futzal bo‘yicha Jahon chempionligi uchun kurash olib boradi. Tarixda 10-bor tashkil etilayotgan musobaqa 14-sentabrdan 6-oktabrgacha davom etadi. O‘yinlarga Toshkent, Buxoro va Andijon shaharlari mezbonlik qiladi.


2024-yilgi Jahon chempionati rasmiy logotipi

26-may kuni chempionat guruh bosqichiga qur’a tashlandi va guruhlar quyidagicha shakllandi:

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi oʻz oʻyinlarini Toshkentdagi Humo Arena majmuasida oʻtkazadi.

  • 14-sentyabr: Oʻzbekiston — Niderlandiya;
  • 17-sentyabr: Oʻzbekiston — Paragvay;
  • 20-sentyabr: Kosta-Rika — Oʻzbekiston.

Guruh bosqichi oʻyinlari toʻliq taqvimi bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ