Anons

“Samarkand Marathon 2024”

E’lon qilingan sana· 77
“Samarkand Marathon 2024”

Samarqand shahrida “Samarkand Marathon 2024” xayriya yugurish musobaqasi boʻlib oʻtadi.

“Samarkand Marathon” yugurish musobaqasi oltinchi bor o‘tkazilmoqda. 2019-yilda tadbir yarim marafon shaklida oʻtkazilar edi, 2022-yilda esa roʻyxatga 42,2 kilometrlik masofa qo‘shilib, to‘laqonli marafonga aylandi. Ma’lumot uchun, bu yilgi yugurish o‘rinlarining umumiy soni 6000 ni tashkil etadi.

2-noyabr kuni — 4 yosh va undan katta bolalar poygasi hamda 2 kilometrlik masofaga shimolcha (skandinavcha) yurish bellashuvi;

3-noyabr kuni — 42,2 kilometrlik marafon, 21,1 kilometrlik yarim marafon, 10 kilometrlik, 5 kilometrlik va 2 kilometrlik poygalar boʻlib oʻtadi. Shuningdek, eshitish va ko‘rish qobiliyati cheklangan odamlar uchun 5 kilometrlik masofaga yugurish poygasi oʻtkaziladi.

Poygachilar shaharning markaziy ko‘chalari bo‘ylab tarixiy obidalar atrofidan yuguradi. Start va marra chizig‘i Registon maydoni yonidan oʻrin oladi.

“Samarkand Marathon"ning ikkalla kunida ham “plogging” — chiqindilardan tozalash tadbiri bo‘lib o‘tadi. Eko-ploggingda 16 yosh va undan kattalar ishtirok etishi mumkin, ota-onalar esa farzandlari bilan yelkama-yelka qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Poyga yakunida plogging ishtirokchilari orasida hamkorlar homiylik qiluvchi sovrinli o‘yinlar o‘ynaladi.

Ishtirok etish narxi: 200 000 soʻmdan 250 000 soʻmgacha (tanlangan masofaga qarab).
Yugurish musobaqasiga ushbu havola orqali roʻyxatdan oʻtish mumkin.

Tadbir O‘zbekiston madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan tashkil etilmoqda.

    • Sana
      2dan 3-noyabrgacha