Paralimpiada rekordini yangilagan Asila Mirzayorova oltin medal qoʻlga kiritdi
Parij shahrida boʻlib oʻtayotgan XVII yozgi Paralimpiya oʻyinlaridan oʻrin olgan para-yengil atletika sport turi boʻyicha ayollar oʻrtasida T11 klassida uzunlikka sakrash bahslari boʻlib oʻtdi. Unda ishtirok etgan Asila Mirzayorova 5.24 metr natija qayd etgan holda Paralimpiya o‘yinlari rekordini yangiladi va oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Asila Mirzayorova dastlabki urinishida 5,22 metr narija qayd etib, ushbu yoʻnalishda Paralimpiya oʻyinlari rekordini oʻrnatdi. Qayd etish lozimki, ushbu yoʻnalishda avvalgi Paralimpiya oʻyinlari rekordi 1996-yil Atlantada oʻtkazilgan oʻyinlarda oʻrnatilgan. 28 yil avvalgi rekord ispaniyalik Ortiz Ochistkaga tegishli edi - 5,07 m.
Bu rekord uzoqqa choʻzilmadi. Oʻzbekistonlik sportchi oʻzining beshinchi urinishida 5,24 metr natija qayd etgan holda oʻzi oʻrnatgan rekordni yangiladi.
Shuningdek, 30-avgust kuni para yengil atletika bo‘yicha ayollar o‘rtasida F41 klassida yadro uloqtirish bo‘yicha bahslarida Kubaro Hakimova 10.36 metr natija bilan ikkinchi o‘rinni egalladi va kumush medalini qoʻlga kiritdi.
Hozirda Oʻzbekiston delegatsiyasi hisobida 1 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medali bor.