YChL. Abduqodir Husanov "Real Madrid"ga qarshi oʻynashi mumkin
E’lon qilingan sana: · 133

Futbol boʻyicha Yevropa Chempionlar Ligasi pley-off bosqichiga qur’a tashlandi. Unda umumiy bosqichda 9−24-oʻrinlarni egallagan jamoalar raqiblarini bilib oldi.
Qur’a natijasiga koʻra, oʻzbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanovning jamoasi — “Manchester Siti” Ispaniyaning “Real Madrid” jamoasiga qarshi toʻqnash keladigan boʻldi. Ushbu oʻtish oʻyinlari uy-safar tizimida oʻtkaziladigan boʻlib, birinchi uchrashuv 11-fevral kuni tunda “Ettihad” stadionida boʻlib oʻtadi.
Qolgan juftliklar bilan quyida tanishishingiz mumkin.
Ushbu uchrashuvda Abduqodir Husanov ham maydonga tushishi mumkin, “Siti” futbolchini Chempionlar Ligasida roʻyxatdan oʻtkazdi.