O‘zbekiston chavandozlari “Maxima Masters Eurasia Cup” xalqaro turnirida g‘olib bo‘ldi

E’lon qilingan sana· 19
O‘zbekiston chavandozlari “Maxima Masters Eurasia Cup” xalqaro turnirida g‘olib bo‘ldi

Toshkentda o‘tgan “Maxima Masters Eurasia Cup” xalqaro turnirida O‘zbekiston milliy terma jamoasi birinchi o‘rinni egalladi. G‘alabaga federatsiya prezidenti ham o‘z hissasini qo‘shdi.

17−27 aprel kunlari Toshkent shahridagi “Universal Horses Stable” ot sporti klubida nufuzli xalqaro musobaqalar bo‘lib o‘tdi. Uning so‘nggi kunida ot sportining to‘siqlardan sakrash (konkur) yo‘nalishi bo‘yicha “Maxima Masters Eurasia Cup” xalqaro turniri o‘tkazilib, unda O‘zbekiston milliy terma jamoasi faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Milliy jamoa safida O‘zbekiston ot sporti federatsiyasi prezidenti ham o‘z mahorat va salohiyatini namoyon etdi. U nafaqat sport tashkiloti rahbari, balki to‘laqonli jamoa a’zosi, chavandoz sifatida ham musobaqada ishtirok etib, jamoa bilan birgalikda ushbu natijaga erishdi. Uning sa’y-harakatlari va shaxsiy hissasi g‘alabada muhim ahamiyat kasb etdi.

Musobaqa natijasiga ko‘ra, ikkinchi o‘rin Rossiya, uchinchi o‘rin esa Qozog‘iston terma jamoalariga nasib etdi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi quyidagi tarkibda ishtirok etdi:

  • Qurbanov Bekzod — Santos Hippica;
  • Sobirjonov Oqil — Paris;
  • Alimjanov Xurshidbek — Champions League;
  • Gaziyev Bahromjon — La Blue Rouge.

Bu yilgi mavsumda ham O‘zbekiston chavandozlari Yevrosiyo ligasidagi 11 ta davlat o‘rtasidagi yakkalik va jamoaviy bahslarda yetakchilikni mustahkam saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi.

Reklama huquqlari asosida.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling