Bishkekda ot sportining “Jahon kubogi” 3-saralashi va “CDI-1*” musobaqalari bo‘lib o‘tdi

15-18 may kunlari Bishkekda ot sportining to‘siqlardan sakrash va ot yo‘rttirish turlari bo‘yicha “Jahon kubogi” 3-saralash bosqichi hamda “CDI-1*” musobaqalari bo‘lib o‘tdi.
18-may kuni “Jahon kubogi” (FEI Jumping World Cup) 1−3 saralash bosqichi xalqaro musobaqalari o‘z yakuniga yetdi. Musobaqalar uch dasturda o‘tkazilib, barchasida chavandozlar Alimdjanov Xurshidbek Champions League laqabli otida, Kurbanov Bekzod o‘zining Quiontus HB va Matts VG laqabli otlarida yaqqol peshqadamlik bilan g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Musobaqalar natijasida barcha faxrli 1−2-3-o‘rinlar o‘zbekistonlik sportchilarga nasib qilib, Alimdjanov Xurshidbek 3-saralash bosqichining Gran-pri (Grand Prix) sohibi bo‘ldi. Chavandozlar keyingi yil Germaniyaning Axen shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan “Jahon kubogi” (FEI Jumping World Cup) finalida ishtirok etish hamda Los-Anjeles-2028 yozgi Olimpiya o‘yinlari litsenziya uchun muhim reyting ballarga ega bo‘ldilar.
Universal Horses Stable o‘zbekistonlik sportchilarga keyingi musobaqalarda omad va g‘alabalar bardavom bo‘lishini tilab qolamoqda.
Reklama huquqlari asosida.