Anons

Bukhara Night Race

E’lon qilingan sana· 251
Bukhara Night Race

Buxoroda an’anaviy xalqaro xayriya marafoni — “Bukhara Night Race” bo‘lib o‘tadi.

“Bukhara Night Race” Oʻzbekistondagi birinchi tungi poyga boʻlib, u Buxoroda quyosh botayotgan paytda boshlanadi. Tadbir doirasida 5, 10 va yangi 21 kilometr masofaga yugurish, 2 km masofaga “Skandinavcha yurish”, shuningdek, bolalar yugurish musobaqalari o‘tkaziladi.

Tadbir O‘zbekiston madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan o‘tkazilayotgan “Samarqand marafoni” xayriya yugurish musobaqalarining bir qismidir.

Yugurishga quyidagi masofalarga roʻyxatdan oʻtish mumkin:

  • 21,1 kilometr;
  • 10 kilometr;
  • 5 kilometr;
  • 2 kilometr nordik usulida yurish;
  • Kids Run 60;
  • Kids Run 300;
  • Kids Run 600;
  • Kids Run 1000.

Ishtirok etish narxi:

  • 5 km, 10 km, 21 km masofalar — 250 000 soʻmdan 300 000 soʻmgacha;
  • 2 km, Kids Run va Nordic Walking — 200 000 soʻmdan 250 000 soʻmgacha.

Ushbu havola orqali oldindan roʻyxatdan oʻtish talab qilinadi.

Tashkilotchi: O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Jadval