Ostona shahrida ot sportining to‘siqlardan sakrash va ot yo‘rttirish turlari bo‘yicha musobaqalar bo‘lib o‘tdi

29-31 may va 1-iyun kunlari Ostona shahrida ot sportining to‘siqlardan sakrash va ot yo‘rttirish turlari bo‘yicha “Jahon kubogi” 4-saralash bosqichi, “Yevrosiyo ligasi” hamda “CDI-1*” musobaqalari bo‘lib o‘tdi.
Aynan shu kunlari O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev Ostona shahrida o‘tkazilayotgan “Markaziy Osiyo — Italiya” sammitida ishtirok etdi. Chavandozlar muhtaram prezident Ostona shahrida ekanidan ruhlanib musobaqa davomida yuqori natijalar ko‘rsatdi.
Bugungi kunga kelib chavandozlar ot sportining ot yo‘rttirish turi bo‘yicha jamoaviy bahslarda faxrli birinchi o‘rin, oltin medal hamda yakkalik bahslarda uchta kumush medal va bitta bronza jami to‘rtta medalga sazovor bo‘ldi.
Ot sportining to‘siqlardan sakrash (konkur) yo‘nalishida natijalar yana-da yuqori. Ot sportining jozibali tomoshabop musobaqasi hisoblanadigan “Olti to‘siq” bahslarida 180 sm toʻsiqlarni zabt etgan O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi raisi xamda terma jamoa yetakchi sportchisi Bahromjon Gaziyev O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilib faxrli ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Chavandozlar ikkita — oltin, to‘rtta — kumush va uchta bronza jami to‘qqizta medalga ega bo‘ldi. Chavandozlar Yevrosiyo ligasida (11 ta davlat ichida) ot sportining ikkala yo‘nalishida ham yetakchilik qilmoqda.
Musobaqalar 1-iyun kuni o‘z yakuniga yetdi.
Reklama huquqlari asosida.