Oʻzbekiston–Qatar uchrashuviga chiptalar sotuvi boshlandi

E’lon qilingan sana· 440
Oʻzbekiston–Qatar uchrashuviga chiptalar sotuvi boshlandi

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi 10-iyun kuni “Bunyodkor” stadionida Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida Qatar terma jamoasini qabul qiladi. Uchrashuvga chiptalar sotuvi boshlandi.

Qayd etilishicha, iTicket kompaniyasi va O‘FA huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda, avvalgi oʻyinlar tajribasidan kelib chiqib, firibgarlik va chiptalarning qalbakilashtirishning oldini olish maqsadida chiptalarning faqat oflayn savdo tartibini joriy etgan.

Ma’lumot uchun, chiptalar bugun, 3-iyundan boshlab Humo Arena, “Bunyodkor” va “Paxtakor” stadionlaridagi iTicket kassalarida oflayn tarzda sotiladi.

Oʻzbekiston terma jamoasi Jahon chempionati saralashining soʻnggi ikki turida BAA va Qatarga qarshi maydonga tushadi. Amirliklarga qarshi oʻyinni 5-iyun kuni mehmonda oʻtkazadigan Kapadze shogirdlari, 10-iyun kuni Toshkentda Qatarni qabul qiladi. Ushbu uchrashuvlarda Jahon chempionatiga chiqish masalasi hal qilinadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling