BAA-Oʻzbekiston oʻyinini Abu Dabidagi qaysi kafe va restoranlarda koʻrish mumkin?
E’lon qilingan sana: · 287

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati saralashining 9-turi doirasida Abu Dabi shahrida BAA mehmoni boʻladi. Oʻzbekistonlik muxlislar uchun ushbu oʻyinga cheklangan miqdorda chiptalar sotuvga chiqarilgan.
Shuni inobatga olgan holda Oʻzbekistonning Birlashgan Arab Amirliklaridagi elchixonasi Afisha.uz'ga Abu Dabi shahrida uchrashuvni tomosha qilish mumkin boʻlgan maskanlar roʻyxatini taqdim etdi.
Quyidagi manzillarda oʻyinni toʻgʻridan-toʻg'ri tomosha qilish mumkin:
- Villaggio Hotel & Resort Abu Dhabi — sigʻimi: 350−400 kishi (manzil);
- Catania Lounge — sigʻimi: 150−180 kishi (manzil);
- Qurs Falafel Restaurant — sigʻimi: 50 kishi (manzil);
- Nautical Pub and DJ Bar — sigʻimi: 70 kishi (manzil);
- The G.O.A.T Abu Dhabi — sigʻimi: 100 kishi (manzil);
- Bambu — sigʻimi: 80 kishi (manzil);
- Brown Lion Gastropub Abu Dhabi — sigʻimi: 70 kishi (manzil);
- Kerala cafe bar & restaurant — sigʻimi: 60 kishi (manzil);
- Courtyard World Trade Center, Abu Dhabi — sigʻimi: 300 kishi (manzil).
Oʻzbekiston elchixonasi tomonidan BAAda bo‘lish qoidalariga va jamoat xavfsizligi talablariga amal qilish kerakligi eslatib oʻtilgan.