O‘zbekiston chavandozlari Rossiya musobaqalarida ishtirok etmoqda

E’lon qilingan sana· 45
O‘zbekiston chavandozlari Rossiya musobaqalarida ishtirok etmoqda

Rossiyada o‘tayotgan “Yevrosiyo ligasi”da O‘zbekiston chavandozlari birinchi va uchinchi o‘rinlarni egallab, O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilmoqda.

Hozirgi kunda ot sporti bo‘yicha milliy terma jamoa a’zolari Rossiya Federatsiyasida “Yevrosiyo ligasi” xalqaro musobaqalarida ishtirok etmoqda.

Ot sportining jozibali tomoshabop musobaqasi hisoblanadigan “Olti to‘siq” bahslarida 200 sm to‘siqlarni zabt etgan terma jamoa yetakchi sportchisi Alisher Erkinov o‘zining Kondor laqabli sport otida O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilib, faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, yana bir nufuzli dastur to‘siqlar balandligi 150 sm bo‘lgan Grand Prix (Gran Pri) bahslarida Sharipov Akbar o‘zining Affer laqabli sport otida faxrli birinchi o‘rinni, terma jamoa yetakchi chavandozi Kurbanov Bekzod esa o‘zining Matts V.G laqabli otida faxrli uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Reklama huquqlari asosida.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling