Aral Sea Eco Marathon 2025 qurigan Orol dengizi tubida boʻlib oʻtdi

E’lon qilingan sana· 18
Aral Sea Eco Marathon 2025 qurigan Orol dengizi tubida boʻlib oʻtdi

2025-yil 22-iyun kuni sobiq Orol dengizi tubida Aral Sea Eco Marathon bo‘lib o‘tdi. Bu tadbirni marafonchi va jamoat faoli Andrey Kulikov boshchiligidagi ProRun jamoasi tashkil etdi. Ikkinchi marotaba marafon turli mamlakatlardan kelgan ishtirokchilarni XX asrning eng yirik ekologik faalokatlaridan biri oqibatlariga e’tibor qaratish maqsadida birlashtirdi.

Marafon yoʻnalishi qurigan dengiz tubi va suv havzalari qoldiqlari boʻylab oʻtdi. Yugurish musobaqasi 17-iyun Butunjahon cho‘llanish va qurg‘oqchilikka qarshi kurashish kuniga bag‘ishlandi va suv resurslaridan barqaror foydalanish g‘oyalarini ilgari surish bo‘yicha muhim tashabbusga aylandi.

Tadbirga alohida e’tibor qaratilishiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri, xizmat ko‘rsatgan sportchi hamda tay-boks bo‘yicha besh karra jahon chempioni Erkinboy Menlibayevich Qutibayevning ishtiroki sabab bo‘ldi. U shaxsan startga chiqdib, 42 km masofani bosib oʻtdi, bu esa ekologik loyihalarni qoʻllab-quvvatlash, sportni rivojlantirish va mintaqaviy barqarorlik yoʻlidagi ramziy harakat sifatifa koʻrildi.

2025-yilgi marafon turli mamlakatlardan 50 nafar ishtirokchini birlashtirdi. Ularning eng yoshi kattasi 84 yoshda bo‘lib, 10 km masofani bosib o‘tgan. Barcha ishtirokchilar qoʻlda tayyorlangan medallar va individual foto va video materiallarga ega boʻldilar.

O‘tkaziladigan joy nafaqat sport maydoni, balki fojiali voqeaning timsoliga aylandi: bir paytlar dunyoda to‘rtinchi eng katta ko‘l bo‘lgan Orol dengizi Orolqum cho‘liga aylangan. Marafon orqali tashkilotchilar yo‘qolgan ekotizim va tabiatga g‘amxo‘rlik qilish muhimligini dunyoga eslatdi.

Tadbirda, shunindek mintaqani yashil hududga aylantirish boʻyicha bo‘yicha davlat dasturlarini qo‘llab-quvvatlash ham o‘z ifodasini topdi. Milliy tashabbus doirasida koʻproq sobiq dengiz tubida allaqachon 1,7 million gektardan ortiq maydonga oʻrmonlashtirish (shu jumladan, saksovul, tamaris va boshqa shoʻrlanishga chidamli turlar) boshlangan. Bu oʻrmonlar tuproq eroziyasini kamaytirish, changni ushlab turish va mikroiqlimni tiklashga yordam beradi. Butun mamlakat bo‘ylab amalga oshirilayotgan “Yashil makon” dasturida bir milliardgacha daraxt ko‘chatlari ekish ko‘zda tutilgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling