Anons
Onlayn yugurish musobaqasi
E’lon qilingan sana: · 25

Botanika bog‘ida “Die Hard Derby” xalqaro onlayn musobaqasi doirasida “Die Hard Tashkent” yugurish klubi ishtirokchilarining uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.
Bu formatda ishtirokchilar birlashib, yugurish orqali o‘z shahri nomidan bellashadi. Toshkent jamoasi Markaziy Osiyo ligasida ishtirok etmoqda va superfinal yo‘llanmasi uchun kurashmoqda, u yerda boshqa shaharlar bilan toʻqnash keladi.
Qatnashish uchun ushbu havola orqali roʻyxatdan oʻtish talab qilinadi.
Ishtirok etish bepul.
Jadval
29-iyun
yakshanba
07:00
Toshkent, Bog‘ishamol ko‘ch., 232