O‘zbekiston chavandozlari “Yevrosiyo ligasi 2025” musobaqalarida 22 ta medalni qo‘lga kiritdi

Iyunda Rossiyada bo‘lib o‘tgan “Yevrosiyo ligasi” xalqaro ot sporti musobaqalarida O‘zbekiston milliy terma jamoasi to‘liq tarkibda to‘siqlardan sakrash, uchkurash va ot yo‘rttirish yo‘nalishlari bo‘yicha ishtirok etdi.
2025-yil xalqaro musobaqalarda ot sporti bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi to‘liq tarkibda (to‘siqlardan sakrash, uchkurash va ot yo‘rttirish yo‘nalishlari bo‘yicha) ishtirok etmoqda. Jamoa 2025-yilning iyun oyida Rossiya Federatsiyasida bo‘lib o‘tgan “Yevrosiyo ligasi” xalqaro musobaqalarida muvaffaqiyatli qatnashdi.
Bir oy davom etgan musobaqalarda chavandozlar nufuzli “Derby” bahslarida bitta kumush medal, “Olti to‘siq” bahslarida bitta oltin va bitta kumush hamda “Grand Prix” bahslarida bitta oltin bitta bronza medallarini qo‘lga kiritdi. Barcha musobaqalar yakuni bo‘yicha o‘zbekistonlik sportchilar oltita oltin, 10ta kumush va oltita bronza jami — 22 ta medalni qo‘lga kiritdi.
Ushbu yutuqlar hamda mashaqqatli mehnatlari uchun terma jamoa a’zolari, murabbiylar, mutaxassislar hamda federatsiya rahbariyatiga Universal Horses Stable o‘z minnatdorchiligini bildiradi.
Milliy terma jamoa a’zolari 2025 kalendar yili rejasi bo‘yicha Yevropaning bir qator davlatlarida nufuzli musobaqalarda o‘z ishtirokini davom ettirishini ma’lum qilmoqda.
Reklama huquqlari asosida.