“Hamdo‘stlik kubogi”: chavandozlar milliy terma jamoasi bronza va oltin medal bilan qaytdi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Minskdagi “Hamdo‘stlik kubogi”da yuqori natijalarga erishdi. Chavandozlar yakkalik va jamoaviy bahslarda oltin va bronza medallarga sazovor bo‘ldi.
2025-yilda O‘zbekiston milliy terma jamoasining ishtirok etadigan xalqaro musobaqalar geografiyasi kengayishda davom etmoqda. Shunday musobaqalardan biri Belarus Respublikasining Minsk shahrida joriy yilning 2−6 iyul kunlarida “Hamdoʻstlik kubogi” (“Кубок Содружества”) o‘tkazildi.
Ushbu nufuzli musobaqalarda MDH davlatlarining ot sporti bo‘yicha kuchli jamoalari ishtirok etdi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi tarkibida tajribali chavandozlar Kurbanov Bekzod hamda Shakirov Dilshod (Kichik davra — 130 sm) jamoaviy bahslarda ishtirok etib, 3-o‘rinni qoʻlga kiritdi va bronza medallariga sazovor boʻldi.
Shuningdek, yakkalik 150 sm bo‘lgan Grand Pri bahslarida Kurbanov Bekzod faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Musobaqaning so‘ngi kunida jamoaviy (Katta davra — 150 sm) bahslarda milliy terma jamoa g‘olib sifatida faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Chavandozlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida faxrli mehmonlar safida O‘zbekiston Respublikasining Belarus Respublikasidagi muxtor elchisi hamda elchixona vakillari ishtirok etdi.
Milliy terma jamoa a’zolari 2025-yil taqvim reja bo‘yicha Yevropaning bir qator davlatlarida nufuzli musobaqalarda o‘z ishtiroklarini davom ettirishi ma’lum qilindi.
Reklama huquqlari asosida.