O‘zbekiston ot sporti terma jamoasi Rossiyada o‘tayotgan xalqaro musobaqalarda ishtirok etmoqda

E’lon qilingan sana· 80
O‘zbekiston ot sporti terma jamoasi Rossiyada o‘tayotgan xalqaro musobaqalarda ishtirok etmoqda

16-iyuldan 21-iyulgacha Moskva viloyatida joylashgan “Maksima Stables” ot sporti klubida bo‘lib o‘tayotgan turnirda O‘zbekiston sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.

Hozirgi paytgacha konkur (to‘siqlardan sakrab o‘tish) bo‘yicha yakka tartibdagi musobaqalarda O‘zbekiston sportchilari 8 ta dasturda ishtirok etib, jami 10 ta medalga — 6 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronzaga erishdi.

150 sm balandlikdagi to‘siqlar bilan o‘tadigan nufuzli Grand Prix musobaqasida Behzod Qurbonov uchinchi o‘rinni egallab, bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Shuningdek, u 135 sm to‘siq balandligidagi dasturda g‘olib chiqib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Jamoaviy musobaqalarda “kichik aylanma” formatida terma jamoa uchinchi o‘rinni egallab, bronza medallari bilan taqdirlandi. “Katta aylanma"da esa jamoa birinchi o‘rinni egallab, oltin medallarga sazovor bo‘ldi.

Qo‘lga kiritilgan natijalarda terma jamoaning yetakchi otbozlari — Yo‘ldashev Ibrohim, Qurbonov Behzod, Erkinov Alisher, Sabirjanov Akiljon va Alimjonov Xurshidbekning hissasi katta bo‘ldi.

Musobaqalar davom etmoqda. “Universal Horses Stable” O‘zbekiston otbozlarining navbatdagi chiqishlariga omad tilaydi.

Reklama huquqlari asosida.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling