Futbol boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasining yangi formasi taqdim etildi
E’lon qilingan sana: · 72

Oʻz tarixida ilk bor Jahon chempionatiga chiqqan futbol boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasining yangi libosi taqdim etildi. Bu haqda Futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, endi Oʻzbekistonning barcha yoshdagi terma jamoalari 7Saber kompaniyasi tomonidan tikilgan futbol formalarida harakat qiladi. Bungacha jamoa 2019-yildan beri Jako tomonidan tayyorlangan liboslarda oʻynardi.
Ma’lumot uchun, 7Saber kompaniyasi 2024-yilda oʻtkazilgan Olimpiadada qatnashgan Oʻzbekiston delegatsiyasisi liboslarini ham tayyorlagandi.