Ot sporti bo‘yicha milliy terma jamoa a’zolari Rossiyada xalqaro musobaqalarda ishtirokini davom ettirmoqda

E’lon qilingan sana· 38
Ot sporti bo‘yicha milliy terma jamoa a’zolari Rossiyada xalqaro musobaqalarda ishtirokini davom ettirmoqda

Milliy terma jamoa a’zolari Rossiyada o‘tkazilayotgan ot sporti musobaqalarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, yakkalik va jamoaviy bahslarda oltin, kumush hamda bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

14−17 avgust kunlari Moskva viloyatining “Maksima Stables” OSKda o‘tkazilgan musobaqalarni milliy terma jamoa muvaffaqiyatli yakunladi. Musobaqa yakunida chavandozlar ot sportining to‘siqlardan sakrash turi bo‘yicha (konkur) yakkalik bahslarida 1 ta oltin va 4 ta bronza jami 5 ta medalga ega bo‘ldi.

Shuningdek, yakkalik 150 sm bo‘lgan Grand Prix (Gran Pri) bahslarida Kurbanov Bekzod faxrli 1-o‘rin oltin medalni qo‘lga kiritdi. Chavandozlar jamoaviy final bahslarida faxrli 2-o‘rinni olib kumushmedalini qo‘lga kiritdi.

Yuqoridagi natijalarga yakkalik bahslarida terma jamoaning yetakchi chavandozlari Gaziyev Bahromjon 2 ta bronza, Kurbanov Bekzod 1 ta bronza va 1 ta oltin hamda Mustaramov Shuhrat 1 ta bronza bilan o‘z hissalarini qo‘shdi. Shuningdek, jamoaviy bahslarda kumush medallarga Kurbanov Bekzod, Erkinov Alisher, Sobirjonov Oqiljon va Alimdjanov Xurshidbeklar ega chiqdi.

Musobaqalar davom etmoqda. Chavandozlarga Universal Horses stable navbatdagi dasturlarda omad tilamoqda.

Reklama huquqlari asosida.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling