FIFA 2026-yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionati maskotlarini taqdim etdi

FIFA 2026-yilda Kanada, AQSh va Meksikada boʻlib oʻtadigan futbol boʻyicha jahon chempionatining uchta rasmiy maskotini taqdim etdi.
AQSh vakili Klatch ismli oq boshli burgut, Kanada maskoti esa Mepl ismli bulon va Meksikadan esa Zayu ismli yaguar bo‘ldi.

Har bir qahramon o‘z mamlakatining madaniy merosini ifodalaydi. Bulon mepl Kanada bo‘ylab sayohat qilib, odamlarni birlashtiradi va mamlakatning boy madaniyati bilan tanishtiradi. Yaguar Zayu Meksika o‘rmonlaridan chiqqan bo‘lib, mamlakatning an’analarini ifodalaydi. Burgut Klatch esa AQSh uzra parvoz qiladi va madaniyatlarga ochiqlik hamda optimizmni o‘zida mujassam etadi.
Bundan tashqari, maskotlar futbol ham oʻynaydi. Mepl — darvozabon, Zayu — o‘ta chaqqon hujumchi, Klatch esa markazda pleymeyker vazifasini bajaradi. “Ushbu qahramonlar jahon chempionati kabi quvonch, energiya va birdamlik ruhi bilan to‘la”, — deya ta’kidladi FIFA prezidenti Janni Infantino.
2026-yilgi jahon chempionati tarixdagi eng yirigi bo‘ladi. Unda 48 ta terma jamoa ishtirok etadi va jami o‘yinlar soni 104 taga yetkaziladi. Turnir 11-iyun kuni Mexikodagi stadionda ochiladi, final esa 19-iyul kuni Nyu-Jersida bo‘lib o‘tadi. Ma’lumot uchun Oʻzbekiston terma jamoasi ham oʻz tarixida birinchi marta bu turnirga yoʻllanmani qoʻlga kiritgan.