Toshkentdagi 7 ta tennis korti

E’lon qilingan sana· 368
Toshkentdagi 7 ta tennis korti

Oxirgi paytlarda sizda ham Instagram tasmasida raketka koʻtargan tanishlaringiz koʻpaydimi? Siz yolgʻiz emassiz. Soʻnggi paytlarda tennis yangi trendga aylandi. Tennis endi faqatgina Iroda Toʻlaganova yoki Serena Uilliams oʻynaydigan professional sport emas, balki shahar hayotining bir qismiga aylandi. Kimdir sog‘lom turmush uchun, kimdir estetik surat va videolar uchun, yana kimdir stresslarini har bir zarbada chiqarib, kortda qoldirish uchun tennisga qatnayapti.

Talab va taklif qonuniyati, deganlaridek, Toshkentda ham tennis kortlari koʻpayib qoldi. Bugun turli joylarda ham ochiq, ham yopiq kortlar bor — fasl va kayfiyatga qarab oʻynayverasiz. Quyida poytaxtdagi eng mashhur va qulay tennis kortlarini to‘pladik: narx, manzil va kontaktlar bir joyda.


“Yunusobod” sport komleksi

Bu, shubhasiz, Toshkentdagi eng chiroyli manzaraga ega tennis korti. Sport komplekga qarashli maydonlardan teleminora koʻrinib turadi, kechki paytda ayniqsa chiroyli. Bu yerda jami oltita kort bor: 2 ta qumli, 4 ta qattiq qoplamali (hardkort).

Narx:

  • qumli kort — 165 000 soʻm / soat;
  • qattiq qoplamali kort — 130 000 soʻm / soat.

Joy band qilish uchun: (+998) 71−234−7760.

Manzil.


“Yoshlik” sport kompleksi (Start)


Foto: Yandex.Xarita

Mazkur sport kompleksda ochiq va yopiq tennis kortlari bor. Tashqaridagisining ikkis ham qumli, usti yopiq kortning qoplamasi esa qattiq. Bu joy avvaldan boʻlgani va ancha mashhurligi sababli bu yerda professionallarni ham uchratib qolishingiz mumkin.

Narx:

  • barcha kortlar — 200 000 soʻm / soat.

Joy band qilish uchun: (+998) 93−171−2333.

Manzil.


“Paxtakor”


Foto: Yandex.Xarita

“Paxtakor” ham ancha katta sport maktabi. Ushbu kompleksda turli sport turlari bilan shugʻullanish mumkin: yengil atletikadan tortib, tennisgacha. Bu yerda 10 ta tennis korti joylashgan: 2 ta VIP qumli, 5 ta oddiy qumli, 1 ta qattiq qoplamali va bitta usti yopiq.

Narx:

  • VIP qumli kort — 120 000 soʻm / soat;
  • oddiy qumli kort — 80 000 soʻm / soat.

Joy band qilish uchun: (+998) 90−333−1151.

Manzil.


Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi

Tennis federatsiyasiga qarashli kortlarda nafaqat professionallar, balki havakorlar ham shugʻullanishi mumkin. Bu yerda bir nechta turli xil kortlar bor, ularni soatli ijaraga olish mumkin. Ularning narxi turiga qarab farqlanmaydi, ammo kunduzi va kechasi narxlar biroq farq qiladi.

Qiziqarli fakt: bu yerda katta-katta xalqaro chempionatlar ham oʻtkazilgan.

Narx:

  • kunduz kuni — 60 000 soʻm / soat;
  • kechki payt — 80 000 soʻm / soat.

Joy band qilish uchun: (+998) 71−208−1901.

Manzil.


“Uchqun” sport kompleksi


Foto: Yandex.Xarita

Yunusobod tumanida joylashgan yana bir kompleksda 6 ta qumli kort bor. Bu yer unchalik ham mashhur emas, ammo tennis oʻynash uchun ideal joy.

Narx:

  • qumli kort — 100 000 soʻm / soat.

Joy band qilish uchun: (+998) 99−902−7802.

Manzil.


Dinamo


Foto: Google.Xarita

Toshkentdagi eng mashhur sport komplekslaridan biri. U yerda tennis kortlaridan tashqari, futbol maydoni, suzish havzasi, umumiy shugʻullanish zali va hokazolar joylashgan. Tennis kortlari ham yetarlicha: ham tashqarida, ham ichkarida joylashgan.

Narx:

  • tashqarida joylashgan kortlar — 100 000 soʻm;
  • ichkarida joylashgan kortlar — 200 000 soʻm.

Joy band qilish uchun: (+998) 91−135−1877.

Manzil.


Moskva Davlat Universiteti

Universitetga qarashli tennis kortlarini ham soatli ijaraga olish mumkin. U yerda jami 3 ta qumli kort joylashgan. Ularning narxi bir xil, ammo band qiladigan soatingizga qarab farq qilishi mumkin.

Narx:

  • soat 17:00 gacha — 100 000 soʻm;
  • soat 17:00 dan keyin — 150 000 soʻm.

Joy band qilish uchun: (+998) 90−013−0140.

Manzil.


Siz qaysi kortlardan foydalanasiz va yana qaysi joylarni bilasiz? Izohlarda yozib qoldiring, balki bu ham boshqalar uchun foydali boʻlar.

Mirjalol Qosimov
Muallif
Mirjalol Qosimov
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling